Сб, 18.08.2018, 05:45
Приветствую Вас, Mexmon

18:51
Toshkentda Captiva’ni boshqarish uchun qalbaki shartnoma berib, 17 ming dollarni olib ketgan firibgar ushlandi
Toshkent shahri, Chilonzor tuman tuman IIBga 21-aprel kuni mashina oldi-sotdisi bilan bog‘liq firibgarlik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Murojaatdan ma’lum bo‘lishicha, 2018-yil 15-yanvar kuni Shayxontohur tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan B.H Chilonzor ko‘chasida joylashgan notarial idora oldida D.Oga M.Qga tegishli Captiva mashinasini 24,4 ming dollarga sotishni va’da qiladi.

Unga avtomobilni boshqarish uchun qalbaki shartnoma berib, 17,5 ming dollarni olib ketadi. Biroq bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

B.H qo‘lga olindi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 99 | Добавил: Admin | Теги: 17 ming dollarni olib ketgan firibg, Toshkentda Captiva’ni boshqarish uc | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar