VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

12:18
Toshkentda balandligi 136 metr bo‘lgan 27 qavatli turar joy binosi quriladi
Toshkent markazida “Stalin osmono‘parlari” uslubidagi 27 qavatli turar joy binosi quriladi. Bu haqda “RBK” axborot agentligiga “Murad Buildings” kompaniyasi buyurtmasiga binoan bino loyihasini yaratgan Moskvaning “Tochka Dizayna” arxitektura byurosi xabar berdi, deb yozadi Spot.

“Minora me’moriy ko‘rinishi Stalin osmono‘par binolaridan ilhomlangan”, — deydi loyiha muallifi Vladislav Zaytsev.

Binoning old tomoni sharqona naqshlar va tabiiy toshlar elementlari bilan bezatiladi. Ichki bezaklarda tabiiy tosh va massivdan foydalanish rejalashtirilmoqda. “M-Tower” deb nomlangan 136 metrlik minora 2020-yilgacha Yakkasaroy tumanida quriladi. Binoning maydoni 22 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi.

Birinchi qavat xususiy va jamoat joylariga ajratiladi, ikkinchi va uchinchi qavatlar to‘liq savdo maydoniga bag‘ishlanadi: ofislar, do‘konlar, fitness markazi va spa-salon.

To‘rtinchi qavatdan 27-qavatgacha turar joylar joylashadi. Majmua tarkibida shuningdek, garaj binosi, uning tomida restoran, qish bog‘i mavjud bo‘ladi.

“Stalin osmono‘parlari” 1947—1957-yillar mobaynida Moskvada qurilgan yettita baland binolardir.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Toshkentda balandligi 136 metr bo‘l | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.VOYBU GROUP
VOYBU.NETМузыкаКлипыНовостиФотогалерея
Код
%
Сделать бесплатный сайт с uCoz