Главная » 2018 » Май » 22 » Toshkent shahridagi go'zallik salonlaridan birining xodimasi jasadini bo'laklarga bo'lingan holda topishdi…
17:19
Toshkent shahridagi go'zallik salonlaridan birining xodimasi jasadini bo'laklarga bo'lingan holda topishdi…
Toshkent shahar Sirg'ali tumanida joylashgan «Abror style» go'zallik saloni xodimasi 2018 yil 16 fevralida salondan begona ayol bilan chiqib ketgan va shu ko'yi bedarak yo'qolgan deya baholangandi. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari tarafidan tashkil etilgan tezkor tadbir natijasida go'zallik saloni xodimasi N. M. (tergov manfaatlarini ko'zda tutib ismlar sir tutilgan) haqidagi haqiqatlar ma'lum bo'ldi. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari shu narsani aniqlashdiki, marhuma o'sha kuni salondan begona ayol bilan chiqib ketgan. U ayol Sirg'ali tumanida doimiy ro'yxatda turarkan. Ammo vaqtincha Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yasharkan. Ular birga o'sha M. A. ismli ayolning vaqtincha ijarada turgan uyiga borishgan. Keyin janjallashib qolishgan. M. A. jahdini jilovlay olmay, N. M. ning yuziga uksus kislotasini sepgan. So'ngra qo'liga pichoq olib yelka, bo'yin qismiga tig' zarbalarini yo'llagan. Shubhasiz, N. M. jiddiy jarohat olgandi. Shu yerning o'zida jon berdi. Qotil bo'lmish M. A. esa bu bilan ham to'xtashni istamadi. Bolta yordamida murdani bo'laklarga bo'lib, asosiy qismini o'sha atrofdan oqib o'tgan Chirchiq daryosiga tashladi. Qolgan qismlarini polietilen paketga joylab, daryo yoqasidagi chakalakzorga berkitdi.

Qing'ir ishning qiyig'i qirq yildan keyin ham chiqadi. Hozirgi vaqtda qotil ayol qo'lga olingan. Mutasaddilar marhumaning murdasini ham qismlarga ajralgan holda topishdi.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 118 | Добавил: Admin | Теги: Toshkent shahridagi go'zallik salon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz