Главная » 2017 » Октябрь » 8 » Tokio universiteti olimlari: «Kelasi yil AQSh uchun qiyomat qoyim yili bo'lishi kutiladi…»
16:23
Tokio universiteti olimlari: «Kelasi yil AQSh uchun qiyomat qoyim yili bo'lishi kutiladi…»
Yaponiya poytaxti Tokio shahar universiteti seysmologlarining tadqiqotlarga asoslangan holda ishonch bilan aytishlaricha, kelasi yil Amerika uchun qiyomat qoyim yili bo'lishi mumkin. Mundoq olib qaraganda, bu universitet olimlarining xulosalariga ishonsa bo'ladi. Avvalo xudo, ammo bu yil Xitoy, Hindiston, Eronda sodir bo'lgan zilzilani aynan shu universitet seysmologlari oldindan bashorat qilgan. Qolaversa, Meksikadagi o'ta kuchli yer silkinishini ham shu dargoh seysmologlari birinchilardan bo'lib aytib berishgan.
Xullas, Tokio universiteti seysmologlari xulosalariga ko'ra, 2018-2019 yillar oralig'ida Amerikada vulqonlar uyg'onish pallasi kuzatiladi. Bu vulqonlar ortida esa o'ta kuchli zilzilalar turibdi. Ular hatto Amerikaga qo'shni bo'lgan bir necha davlatlarni ham vayron qilishi kutilmoqda. Seysmik faollik vulqonlar uyg'onganidan keyin ancha paytgacha saqlanib qoladi. Ayniqsa, Shimoliy Amerika zilzila va vulqonlar uyg'onishini boshqa hududlarga nisbatan ko'proq qabul qiladi. Boshqa hududlarga nisbatan bu yerda vayrongarchiliklar ko'proq kuzatiladi.
Seysmologlar halokatlar kutilayotgan davlatlar rahbarlariga xuddi shu xulosalarni taqdim etishdi. Lekin ular olimlar maslahatiga e'tibor ham berib qo'yishmadi. To'ppa-to'g'ri, o'z davrida amerikalik bashoratchi Edgar Keysi ham odamlarning beparvoligidan nolirdi. U bo'lg'usi halokatlarni oldindan aytsa-da, odamlar beparvoliklaricha qolib ketishganini, aniqrog'i, bashoratlarga u qadar ishonishmaganini bayon qilardi.
Bu ham to'g'ri. Negaki, Xudodan beamr tikon kirmaydi. Biroq xalqlar orasida «Folbinga ishonma, folsiz yurma» qabilidagi gap ham behuda aytilmagan-da!
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 477 | Добавил: Admin | Теги: Tokio universiteti olimlari: «Kelas | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
A$LIDDIN_007 09.10.2017 в 16:02 написал:
#1
Ishonish 30%
Ishonmaslik70%
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz