Главная » 2018 » Апрель » 14 » Tojikistonda o'tgan asrning to'qsoninchi yillariga tegishli rosmana jangarining shaxsi aniqlandi…
06:53
Tojikistonda o'tgan asrning to'qsoninchi yillariga tegishli rosmana jangarining shaxsi aniqlandi…
Yaqinda Tojikiston ichki ishlar vazirligi o'tgan asrning to'qsoninchi yillarida sodir etilgan bir talay qaroqchilik, bosqinchilik va qotillik jinoyatlari ochilgani haqida ma'lum qildi. Bu jinoyatlarni hozirgi vaqtda boshqa jinoyatlari uchun jazo muddatini o'tayotgan, 1966 yilda tug'ilgan, jinoyat olamida «Alicha» laqabi bilan mashhur Ali Ahmedov sodir etgan ekan. Buni mahalliy telekanal orqali namoyish etilgan syujet davomida jinoyatchining o'zi tan oldi.

U aytdiki, 1992 yili Shahrinov tumanida yashab turib, qurollangan jinoiy to'da tashkil etgan va jinoyatchilar Rudakiy tumani hududida bosqinchilik, qaroqchilik, qotillik bilan shug'ullangan. Mafiya a'zolari esa odamlarga o'zlarini xalq fronti jangchilari deya tanishtirgan.

Shu yillarda Rudakiy tumaniga qarashli Labitol qishlog'ida yashovchi Xayriddin Partoyevni shafqatsizlarcha kaltaklab, borini tortib olishgan. Ular xuddi shu yerda yana bir fuqaroni o'lasi qilib kaltaklab, uning shaxsiy mashinasini olib ketishgan.

Sarikishti qishlog'ilik G'aybulla Abdullayevni «Alicha» shaxsan otib tashlagan. Tan olib aytdiki, G'aybulla Abdullayevni Kalashnikov avtomati yordamida o'ldirgan. Jinoyat izlarini yo'q qilish niyatida murda ustidan bir necha o'n karra traktorda o'tishdan-da tiyilmagan.
Hozirgi vaqtda jinoyatchi sodir etgan barcha jinoyatlar bo'yicha tergov jarayoni boshlangan.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 77 | Добавил: Admin | Теги: Tojikistonda o'tgan asrning to'qson | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz