Пн, 11.11.2019, 23:05
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


07:39
Tojikistonda litsey muallimini 12 yashar o'quvchi qizni zo'rlaganlikda ayblashdi…
Tojikistonning Xatlon viloyat Yavon tuman sudi Nurekda joylashgan «Nurbaxsh» litseyi muallimi Mirzoxon Aliyevni o'zi dars beradigan 12 yoshli o'quvchi qizni zo'rlaganlikda ayblab 17, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qildi. Sudlanuvchining yaqinlari esa sud hukmidan rozi emas. Ular aytishmoqdaki, muallim o'quvchi qizni shaxmat turnirida g'olib bo'lib qaytgani uchun azbaroyi xursand bo'lgani sababli o'pib tabriklagan ekan xolos.

Sudda voyaga yetmagan qiz bilan bog'liq jinoiy ish ko'rilgani bois matbuot vakillariga to'liq ma'lumot berilmagan.

Mirzoxon Aliyevning farzandlari otasiga tuhmat qilingani, shuning uchun ish qayta ko'rib chiqilishi lozimligini aytishmoqda.

Huquqshunoslar ham muallim o'quvchi qizni tabriklab qo'lini qisgani va o'pib qo'ygani bu qadar shafqatsiz jazoga loyiq emasligini ta'kidlashdi.

Darvoqe, muallimning farzandlaridan biri aytdiki, otasini ko'rish uchun turmaga borishganda, u tergovda qiynoq usullari qo'llangani sababli ayblovni bo'yniga olishga majbur bo'lgani haqida gapirib o'tibdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 74 | Добавил: Admin | Теги: Tojikistonda litsey muallimini 12 y | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019