15:24
Tojikistonda 15 kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 15 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Kasallanganlarning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbe shahrida qayd etilgan. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasining oldini olish bo‘yicha respublika shtabi qaroriga asosan Tojikiston oliy o‘quv yurtlarining 1—3-kurs talabalari 4-maydan boshlab yozgi ta’tilga chiqariladi. Ularga avvalgi reyting natijalariga qarab baho qo‘yiladi. Oily o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa o‘z imtihonlarini 15-maygacha topshirishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, shtab qaroriga asosan Tojikistonda niqob taqish fuqarolar uchun majburiy etib belgilangan.

Avvalroq Tojikistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilgani rasman e'lon qilinishi kutilayotgai haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda barcha futbol uchrashuvlari to'xtatilgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 224 | Добавил: Admin | Теги: Tojikistonda 15 kishi koronavirusga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close