Вс, 23.09.2018, 00:21
Приветствую Вас, Mexmon

15:01
Tojikiston poyezdlariga O‘zbekistonning uchta shahrida yo‘lovchilarni tushirish va chiqarishga ruxsat berildi
“Tojikiston temir yo‘llari” kompaniyasiga O‘zbekiston temir yo‘l stansiyalarida yo‘lovchilarni tushirish va chiqarishga ruxsat berildi, deb yozadi Asia-Plus. Ruxsatnoma ikki mamlakat bosh vazirlarining iyul oyida Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida imzolangan bayonnoma asosida taqdim etildi.

Ta’kidlanishicha, endi Termiz, Qarshi va Samarqanddagi temir yo‘l stansiyalarida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish mumkin. Shuningdek, ushbu stansiyalarda Tojikistondan qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlar uchun chiptalar sotiladi.

Ta’kidlanishicha, Dushanbe—Moskva—Dushanbe, Ko‘lob—Moskva—Ko‘lob va Xo‘jand—Moskva—Xo‘jand yo‘nalishlari bo‘yicha qatnaydigan Tojikiston poyezdlariga O‘zbekistondagi stansiyalardan chiptalar xarid qilganlar uchun chiptani sotib olish muddati va vagon turidan kelib chiqib, 10 dan 25 foizgacha chegirmalar ko‘zda tutilgan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 66 | Добавил: Admin | Теги: Tojikiston poyezdlariga O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar