Сб, 18.08.2018, 05:44
Приветствую Вас, Mexmon

15:27
To‘rtga kirgan Madina bir yoshli go‘dakdek ko‘rinadi. Qizaloq yaxshilar ko‘magiga muhtoj
“Daryo” tahririyatiga Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak qishlog‘i “Oxunboboyev” mahallasida istiqomat qiluvchi Tozagul Sa’dullayeva qizi Madinaning dardiga shifo istab, yordam so‘rab murojaat qildi.

Qizaloqning oilasi kam ta’minlangan, unda uch nafar farzand voyaga yetmoqda.

Allaqachon 4 yoshga kirgan Madina hozirgi kunga kelib 1 yoshli go‘dakka o‘xshaydi, u rivojlanishdan to‘xtab qolgan.

Qizaloqning jajji yuragini og‘ir dard qiynab turibdi, u murakkab operatsiyaga muhtoj. Shuningdek, unga buyrakdagi kasallik, kamqonlik va rivojlanishdan orqada qolish ham azob bermoqdaki, bir necha murakkab dardlar birlashib qizni ham, unga kuyunayotgan ota-onasini ham saxovatli kishilardan yordam so‘rashga undamoqda.

“O‘zim vodiydanman. Birinchi ayolim vafot etganidan so‘ng bir necha yil o‘tib Tozagulga uylangan edim. Uch qiz ko‘rdik. Ming afsuski, ikkinchi qizim ham bemor. O‘zim ustachilik qilaman. Hozirda sog‘ligimda jiddiy muammolar sabab ishlay olmayman. Agar saxovatli insonlar ko‘mak bersalar, butun umr duo qilib o‘tardim”, — deydi Madinaning otasi Mirzoakbar Xalilov.

“Oxirgi paytlar qizimning ahvoli yanada og‘irlashdi, ishtahasi yo‘qoldi, burnidan sababsiz qon kela boshladi. Yaqin muddatda operatsiya qilinmasa sog‘ligi ijobiy tomonga o‘zgarmasligi tobora ayonlashmoqda. 2016-yilda tug‘ilgan ikkinchi farzandim Ro‘zibibi ismli qizimni ham yuragida kamchiligi bor ekan. Birinchi farzandim Madinabonu uchun belgilangan operatsiya buyragidagi kasallik, kamqonlik tufayli ortga surilayapti. Bularning hammasini davolash uchun moddiy ta’minotdan juda ko‘p xarajat talab qiladi.

Turmush o‘rtogim yaqinda og‘ir holatda ko‘richak operatsiyasini boshdan kechirdi. Yegan ovqati singmaydi. Bu holatda mendan keyin siz va bolalar nima qilasizlar deb qattiq siqilib o‘zini oldirib qo‘ydi. Oilaviy ta’minotimiz kichik qizim bilan katta qizimni nafaqasi hisobiga 5 jon tirikchilik qilamiz. O‘zimni sog‘lig‘im ham ijobiy darajada emas. Ona uchun farzandining ko‘z o‘ngida so‘lib borishini ko‘rishdan og‘irroq azob bo‘lmas ekan”,— deydi qizchaning onasi Tozagul Sa’dullayeva.

Madinaning shifo topishiga imkon qadar yordam beraylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

(Click, Payme ) Mirzoakbar Xalilov

Xalq banki: 8600-0604-4863-4882

Onasi Tozagul Sa’dullayevaning telefon raqami: +99893 574 04 57

Otasi Mirzoakbar Xalilovning telefon raqami: +99894 665 04 57
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 181 | Добавил: Admin | Теги: To‘rtga kirgan Madina bir yoshli go | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar