13:40
Terini barvaqt qarishdan himoya qilamiz
Terini himoya qilish uni namlantirish va oziqlantirish bilan bir qatorda muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa yuz, bo‘yin va qo‘llar terisi himoyaga muhtoj. Lekin ko‘pchilik ayollar oziqlantiruvchi kremlarning o‘zi yetarli, himoyalovchi kremlardan foydalanish shart emas deb hisoblaydi.

Qarishning oldini olishda himoyalovchi kremlar ham muhim rol o‘ynaydi. Terini faqat quyoshdan himoya qilish kerak deb o‘ylash noto‘g‘ri: har qanday ob-havoda ham tashqariga chiqishdan oldin himoyalovchi kremdan foydalanish lozim.

Ko‘pincha himoyalovchi kremlar tarkibi oqartirish xususiyatiga ega bo‘lgan gidroxinon efirlari, aloe ekstrakti va boshqa qo‘shimchalardan tashkil topgan bo‘ladi.

Himoyalovchi kremlardan foydalanishda terining turini hisobga olish kerak va bo‘yaydigan upalar emulsiya kabi terini quritishi mumkinligini unutmaslik lozim.

Shuning uchun, ayniqsa teri quruq bo‘lsa, upa surishdan oldin himoyalovchi kremdan foydalanish zarur: u tashqi ta’sirlardan himoya qilish bilan birga boshqa kosmetika vositalaridan ham himoya qiladi.

Qanday himoyalovchi kremlardan foydalanish mumkin?

Kremni uy sharoitida ko‘p vaqt va mablag‘ sarflamasdan ham tayyorlash mumkin. Uch xil yog‘lar – mango va karite (7,5 millilitrdan), jojoba yog‘i va binafsha ekstrakti (2,5 millilitrdan) dan tayyorlangan krem hamma turdagi terilar uchun mos keladi.

Himoyalovchi kremlardan albatta foydalanish kerak: ular terini zararli ta’sirlardan himoyalash bilan unga erkin “nafas olish” imkonini beradi, undagi namlikni saqlaydi va barvaqt qarishning oldini oladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 630 | Добавил: Admin | Теги: Terini barvaqt qarishdan himoya qil | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close