07:25
«Telegram» messenjerida chatlarni berkitib qo‘yish usuli
«Telegram» messenjeri ommalishib ketganligi bois undagi foydalanuvchilar va kanallar soni geometrik progressiya shaklida ortib bormoqda. Dasturchilar saralash funksiyasini hali qo‘shishga ulgurmagani uchun ayni vaqtda ko‘pchilikning kontaktlari aralash-quralash bo‘lib yotibdi. Biroq chatlarni yashirib qo‘yish usuli ham bor.

«Telegram»dagi chatlarni berkitib qo‘yish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

asosiy sozlamalarga kiring;
klaviaturani ingliz tiliga o‘tkazing;
«workmode» so‘zini terib, «enter» tugamasini bosing. Shunda ushbu amalni tasdiqlang degan xabar keladi;
OK tugmasini bosing.



Dastur o‘zi o‘chib yongach, kontaktlar ro‘yxatida «Hide muted chats» tugmasi paydo bo‘ladi. Uni bossangiz ro‘yxatdagi kanallar yo‘q bo‘ladi. Ularni qaytarish uchun yana o‘sha tugmani bosasiz. Rejimdan chiqib ketish istagi tug‘ilib qolsa, sozlamalarga kirib, «workmode» so‘zini terasiz. Aytgancha, bu orqali chatlarni ham, kanallarni ham berkitish mumkin.

Manba: Xabar.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 695 | Добавил: Admin | Теги: «Telegram» messenjerida chatlarni b | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
A$LIDDIN_007 11.03.2018 в 05:14 написал:
#1
Vooo zo'ruu
avatar
close