13:36
Tayvanda qarimaydigan ayollar oilasi yashashi aniqlandi (Foto)

Tayvanda yillar o`tgan sari qarimaydigan ayollar oilasi yashashi aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur oilada nafaqat uch opa-singil, balki ularning onasi ham juda yosh ko`rinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda avvaliga 41 yoshda bo`lsa-da, 16-17 yoshli qizni eslatuvchi interer dizayner Luje Su mashhur bo`ldi. Keyinchalik uning 40 yoshli Feyfey va 36 yoshli Sheron ismli singillari ham juda yosh ko`rinishi ma`lum bo`ldi. Ularning 63 yoshli onasi ham 30 yoshli ayolni eslatadi. Bu ayollar o`zlarining yosh ko`rinishlari bilan Internet yulduzlariga aylandi. Ayollarning Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida yuz mingdan ortiq kuzautvchisi mavjud. Tayvan OAVlari ularni “Vaqtni to`xtatib qo`ygan oila”, deb atadi. Opa-singillar yosh ko`rinish uchun hech qachon shirin ichimliklar iste`mol qilmaslik, ko`proq suv ichish, meva eyish va yuz terisini quyoshdan himoya qilish lozimligini ma`lum qilishdi.




Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 1254 | Добавил: Admin | Теги: Tayvanda qarimaydigan ayollar oilas | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close