Пт, 15.11.2019, 21:13
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2741]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


11:00
Taylandda ayol o'zining dafn marosimi pallasida tirilib ketdi…
Taylandlik Finidj Sopadjori anchadan beri bo'qoq xastaligidan azoblanardi. Shu yil 20 oktyabr kuni olamdan o'tdi. Oilasidagilar katta tezlikda dafn marosimiga hozirlik ko'ra boshlashdi. Taylandliklar odatiga ko'ra murda uch kun ibodatxonada saqlanadi. Keyin esa krematoriyga olib borib kuydiriladi. Hokini esa dafn etishadi. Krematoriyga olib ketishdan oldin marhumaning eri Tavin Sopadjori urf-odatga ko'ra rafiqasining jasadini yuvishga tutindi. Shunda marhumaning kipriklari titrab, bilinar-bilinmas nafas ola boshlaganini ko'rib qoldi. Jonholatda xotinini kasalxonaga olib bordi.

— Xotinim og'ir ahvolda, — dedi kasalxona vrachlariga Tavin. — Oyoqqa turadimi-yo'qmi, bilmayman. Ammo u tirik. Agar kuydirib yuborsak, o'zimni kechira olmasdim…

Shu yil 18 iyulda Hindistonda ham xuddi shunga o'xshash hodisa sodir bo'lgandi. 18 yoshli yigitni vrachlar «o'ldi»ga chiqarishdi. Jasadni yoqish pallasida onasi yigitning ko'zlari yoshlana boshlaganini payqab qoldi. Darhol vrach chaqirildi. Vrach tekshirib ko'rib haqiqatan yigit tirik ekanini tasdiqladi. Uni yana kasalxonaga olib borishdi. Uch kundan keyin yigit nihoyat o'ziga keldi. Hatto shivirlab bo'lsa-da gapira oldi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 62 | Добавил: Admin | Теги: Taylandda ayol o'zining dafn marosi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019