12:30
“Taxtlar o‘yini” aktyorlari serialning har bitta qismi uchun 2,6 mln dollardan gonorar oladi
Amerikaning ommabop “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) serialida bosh rollarni ijro etuvchi aktyorlar televideniye tarixida eng ko‘p maosh olgan aktyorlarga aylanadi. Bu haqda Britaniyaning Daily Express gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Yangi shartnomalar shartlariga ko‘ra, Emiliya Klark (Deyneris Targeriyen rolini ijro etadi), Kit Xarington (Jon Snou), Nikolay Koster-Valdau (Jeyme Lannister), Piter Dinkleyj (Tirion Lannister) va Lena Xidi (Serseya Lannister) serialning yettinchi va sakkizinchi fasllarida har bitta qism uchun ikki million funt (2,56 million dollar)dan gonorar oladi. Kelishuv, shuningdek, serialni boshqa mamlakatlarda namoyish etish huquqi sotilsa, qo‘shimcha mukofot puli berilishini ko‘zda tutadi.

“Taxtlar o‘yini” serialining yangi fasli premyerasi 2017-yil 17-iyulga belgilangan, u dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida translyatsiya qilinadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 1132 | Добавил: Admin | Теги: 6 mln dollardan gonorar oladi, “Taxtlar o‘yini” aktyorlari serialn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close