Вт, 25.09.2018, 08:01
Приветствую Вас, Mexmon

13:41
Tashkent City hududida Hilton mehmonxonasi ochiladi
Tashkent City hududida Hilton mehmonxonasi ochiladi. Bu haqda Tashkent City XIM Direksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Lotlardan biri (5-raqamli) Kongress-xoll va balandligi 20 qavatli bo‘lgan Hilton brendidagi besh yulduzli mehmonxona barpo etilishini ko‘zda tutadi. Unda 5 xil kategoriyadagi 250 ta xona bo‘ladi. Mehmonxona maydoni — 49 ming kvadrat metr.

Lot ma’muriyati Hilton bilan franshiza shartnomasini imzolash arafasida ekanligi ma’lum qilinmoqda.

Mazkur uchastkada qurilish ishlarini 2019-yil yakuniga tugatish rejalashtirilgan.

Hilton — Hilton Worldwide korporatsiyasiga qarashli bo‘lgan mehmonxonalar va kurortlarning xalqaro tizimi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 94 | Добавил: Admin | Теги: Tashkent City hududida Hilton mehmo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar