Главная » 2018 » Июнь » 5 » Tanzaniyada 21 yoshli Siam egizaklari vafot etdi
18:54
Tanzaniyada 21 yoshli Siam egizaklari vafot etdi
Tanzaniyada Mariya va Konsolata Mvakikuti ismli Siam egizaklari vafot etdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.

Bundan bir necha oy oldin 21 yoshli egizaklar yuragidagi kasallik sababli shifoxonaga yotqizilgan edi. Aniqlanishicha, ularning nafas olish tizimiga muammo bo‘lgan, oqibatda Mariya vafot etgan. Konsolataning joni esa singlisining o‘limidan 15 daqiqa o‘tib uzilgan.

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli egizaklarning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariya va Konsolata o‘z millati uchun xizmat qilish orzusida bo‘lgan. Tanzaniyaning ko‘plab aholisi ijtimoiy tarmoqlar orqali egizaklarning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 141 | Добавил: Admin | Теги: Tanzaniyada 21 yoshli Siam egizakla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz