Вт, 25.09.2018, 08:36
Приветствую Вас, Mexmon

21:33
Surxondaryoda singilning or-nomusi uchun aka 7 yilga qamaldi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashovchi erkak singlisining nomusiga tekkan hamqishlog‘ini pichoq bilan yaralagani uchun yetti yilga qamaldi, deyiladi “Darakchi.uz”da e’lon qilingan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, aka singlisi bir yigit bilan uchrashib yurishidan xabar topib, unga qo‘ni-qo‘shnilarning gap-so‘zlariga qolmasdan, ularning boshini bog‘lab qo‘yish taklifini kiritadi.

Keyinroq esa u singlisining nomusiga tekkanini bilib, u bilan “yuzma-yuz gaplashish uchun” o‘zi chaqirgan to‘yxonaga oshxona pichog‘ini yoniga olib, boradi. U yerda singlisining yigitini pichoq bilan yaralaydi.

Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin yigit va qiz unashtirilgan, ammo aka sodir etilgan jinoyatda aybli deb topilib, JKning 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2 – qismi “l” bandi bilan JKning 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llab yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 83 | Добавил: Admin | Теги: Surxondaryoda singilning or-nomusi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar