Чт, 18.10.2018, 04:52
Приветствую Вас, Mexmon

15:48
Surxondaryoda kursdoshidan homilador boʻlib qolgan qiz oʻz joniga qasd qildi…
Surxondaryoning Termiz shahridagi axborot texnologiyalari kollejida tahsil olgan 17 yashar qiz oʻzi yashaydigan hovlidagi ogʻilxonada joniga qasd qilgan. Aniqrogʻi, oʻzini osib qoʻygan. Bunga 18 yoshli kursdoshidan ikki oylik homilador ekani haqida xabar topishi sabab boʻlgan. Qiz bu sharmandalikka chiday olmabdi.

Otasining aytishicha, qizi bilan uchrashib yurgan yigit negadir gʻoyib boʻlgan.

— Men uydagilarga qizimni oʻsha yigitnikiga olib borib qoʻyishni buyurdim, — dedi u. — Ammo yigitning uyidagilar homilador kelin ularga kerak emasligini aytib qizimni ortga qaytarishdi. Bu holat ikki karra takrorlandi. Shundan keyin bechora qizim joniga qasd qildi…

Yana marhumaning otasi aytib oʻtdiki, bu masalada hali qizi hayot boʻla turib mahalla qoʻmitasiga, militsiyaga yordam berishlarini soʻrab murojaat etgan. Ulardan ikki yoshni hech qursa ZAGS dan oʻtkazib qoʻyishda koʻmak soʻragan. Yordam berishmagan. Huquqni muhofaza qilish tashkilotidagilardan qizini sharmanda qilgan yigitga nisbatan jinoiy ish ochishlarini talab qilgan. Bu talabi ham ado etilmagan. Ular yigit va qiz orasidagi munosabat ikkovlarining oʻzaro rozi-rizoligi bilan amalga oshirilganini aytishgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari juda toʻgʻri aytgan. Davlatimiz qonuni talabiga koʻra, oʻzaro rozi-rizolik asosida yuritilgan ishqiy munosabatlar jinoyat hisoblanmaydi.

Ammo mahalladagilar tomoshabin boʻlib turishmagan ekan. Bu haqda oʻsha qiz yashagan mahalla faollaridan biri gapirib bergan. Uning aytishicha, yigit shu qizga uylanishni juda xohlagan. Biroq ota-onasi rozi boʻlmagan. Homilador kelin kerak emas deb turib olgan. Qiz oʻylab oʻtirmay, joniga qasd qilib qoʻyishi yetti uxlab tushlariga kirmagan.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 108 | Добавил: Admin | Теги: Surxondaryoda kursdoshidan homilado | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar