VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

14:02
Surxondaryoda ikki kunlik chaqaloqni 2 ming dollarga pullamoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi
Surxondaryo viloyati perinatal markazi Denov tumani bo‘limida ikki kunlik o‘g‘il chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotayotgan Sabohat Ashurova (Ism-shariflar o‘zgartirildi) viloyat ichki ishlar idorasi tezkor xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tumandagi Ostona mahallasida yashovchi Sabohat bu ishni oldindan til biriktirib, tumandagi Yangihazarbog‘ mahallasilik Soliya Jo‘lliyeva va uning mazkur bo‘limda hamshira bo‘lib ishlaydigan singlisi Noliya Jo‘lliyevalar bilan tadbirga jalb etilgan mijozga pullayotgan paytda ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushib qolgan. Ikki ming dollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Surxondaryoda ikki kunlik chaqaloqn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%