Главная » 2018 » Май » 13 » Surxondaryoda 19 yoshli qiz bekitiqcha tug'ib, bolani o'ldirib, murdani anhorga uloqtirdi…
17:30
Surxondaryoda 19 yoshli qiz bekitiqcha tug'ib, bolani o'ldirib, murdani anhorga uloqtirdi…
Ha, Surxondaryodagi kollejlardan birining 19 yoshli o'quvchisi N. T. dahshatli jinoyatni sodir etdi. U azaldan ikki yigit bilan parallel tarzda uchrashib yurardi. Shubhasiz, ikkovi bilan ham jinsiy munosabatlar yuritgan. Natija shunday bo'lganki, yigitlarning biridan homilador bo'lib qolgan. Achinarlisi, ikki yigit ham qizning yaqin qarindoshlari edi. Ota-ona, yaqinlari esa homiladorligini to jinoyat sodir etilgunga qadar ham bilishmagan.

Qiz abort qilmoqchi bo'lgan. Baxtga qarshi kech edi. Homila 6 oylikdan o'tib bo'lgan. Shunda tug'ishga qaror qildi. Uyida tug'di ham. Keyin esa chaqaloqni o'ldirib anhorga uloqtirdi. Xuddi o'sha anhorda kimdir baliq ovlab yurib murdani ko'rib qolgan va darhol militsiya bo'limiga xabar bergan.

Tergov jarayonida barcha haqiqatlar ko'pik kabi yuzaga chiqdi. Ish sudga oshirildi. Sudya qizga nisbatan ikki yillik uy qamog'i jazosini tayinlash haqida hukm e'lon qildi. Hukmga ko'ra qiz ikki yil davomida soat 18: 00 dan 07: 00 ga qadar uydan ko'chaga chiqmaydi. Kafe, restoran, umuman, ko'ngilochar maskanlarga borishga ham haqli emas. Bundan tashqari, o'zi yashab turgan tumandan militsiya xodimlari ruxsatisiz chiqish huquqidan ham mahrum etildi. Sudya hukm chiqarishda qizning yoshini, aybini to'liq bo'yniga olganini, ilgari jinoyat sodir etmaganini hisobga olgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 558 | Добавил: Admin | Теги: Surxondaryoda 19 yoshli qiz bekitiq, bolani o'ldirib, murdani anhorga uloqtirdi… | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz