Вс, 22.07.2018, 11:27
Приветствую Вас, Mexmon

22:47
Surxondaryoda 11 yil oldin o'ldirilgan 4 yoshli bolaning qotili aniqlandi
O'zining o'gay farzandini bundan 11 yil oldin o'ldirib, hojatxona uchun kavlangan chuqurga ko'mib yuborgan shaxsning jinoyati “ochildi”. Bolaning faqat suyak qoldiqlari topilgan.

2007 yil oktyabr oyida Surxondaryo viloyatining Sho'rchi tumanida yashovchi Q.Sh. uyida birga yashagan 4 yoshli o'gay o'g'li Y.M.ning boshiga qo'li bilan urgan, natijada u yerga yiqilib hushidan ketib vafot etgan. Shundan so'ng Q.Sh. bola jasadini uyi oldidagi hojatxona uchun kavlangan chuqurga ko'mib tashlagan edi.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko'ra, ko'rilgan choralar natijasida Q.Sh. ushlanib voqea joyi bo'lgan hovlisidan suyak qoldiqlari va qora rangli mato bo'laklari topib olingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 124 | Добавил: Admin | Теги: Surxondaryoda 11 yil oldin o'ldiril | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar