Ср, 19.12.2018, 05:07
Приветствую Вас, Mexmon

19:00
Surxondaryo viloyati hokimi Instagram’da ro‘yxatdan o‘tdi
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov fuqarolar bilan Instagram orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Instagram’dagi SDVUZ nomli rasmiy sahifasini tashkil etish hokimlik faoliyati to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor bo‘lish, axborot sohasidagi ochiqlikni ta’minlash, aholining barcha sohalardagi islohotlarga mos ravishda viloyatda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlardan xabardorligini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun:

Hokimning Facebook (Surxondaryo viloyati hokimligi — Bahodir Po‘latov) hamda Telegram messenjeri (+998903501847 murojaatlar raqami va Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati nomli kanal)da rasmiy sahifalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 53 | Добавил: Admin | Теги: Surxondaryo viloyati hokimi Instagr | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar