Ср, 21.08.2019, 04:07
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2675]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 260
Мини-чат
Статистика


“Real” sardori Serxio Ramos hamda Pilar Rubiolarning nikoh to‘yiga tashrif buyuruvchi mehmonlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ramos va Rubiolarning visol oqshomida “Real” prezidenti Florentino Peres va klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan ishtirok etadi. “Qirollik klubi” o‘yinchilaridan Lukas Vaskes, Luka Modrich va Keylor Navas to‘yga taklif etilgan.

Bundan tashqari ro‘yxatdan “Barselona”ning 3 nafar futbolchisi Jerar Pike va uning rafiqasi Shakira, Jordi Alba va Serxio Buskets, Ispaniya terma jamoasi va “Real” sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske, Ispaniya terma jamoasning ayni damdagi bosh murabbiyi hamda “Barselona” sobiq ustozi Luis Enrike, Madrid klubi sobiq o‘yinchilari Roberto Karlos, Raul Gonsales, Fernando Yerro, Ronaldo, Devid Bekhem va Iker Kasilyas o‘rin egallagan.

To‘y oqshomi 15-iyun kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ramos va Rubio 2012-yildan beri birga. Ularning Serxio Juni ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Muhammadjon | Дата: 13.06.2019 | Комментарии (0)

13.06.2019 в 14:42
“Real” 2019-yil yozgi transferlar vaqtida futbolchilar sotib olishga rekord darajada mablag‘ sarfladi.

Madridliklar jamoani kuchaytirish maqsadida jami 303 million yevro sarflashga ulgurdi. “Qaymoqranglilar” Eden Azar (“Chelsi”, 100 million yevro), Luka Yovich (“Ayntraxt”, 60 million), Eder Militao (“Portu”, 50 million), Ferlan Mendi (“Lion”, 48 million) va Rodrigoni (“Santos”, 45 million) o‘z safiga qo‘shib oldi.

Shu bilan birga, “Qirollik klubi” bu borada o‘zining 10 yil avvalgi rekordini yangiladi. O‘shanda “Real” Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”, 94 million yevro), Kaka (“Milan”, 67 million), Karim Benzema (“Lion”, 35 million), Xabi Alonso (“Liverpul”, 34,5 million), Raul Albiol (“Valensiya”, 15 million), Alvaro Negredo (“Almeriya”, 5 million), Alvaro Arbeloa (“Liverpul”, 4 million) va Esteban Graneroni (“Xetafe”, 4 million) umumiy 258,5 million yevro evaziga sotib olgandi.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Muhammadjon | Дата: 13.06.2019 | Комментарии (0)

13.06.2019 в 14:34
Ronalduning osmonida qora bulutlar...

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanmoqda.

Spiegel nashri tarqatgan xabarga koʻra AQSHlik Ketrin Mayorgi 33 yoshli portugaliyalik futbolchi tomonidan zoʻrlangan. Voqea esa 2009 yil Las-Vegas shahrida sodir boʻlgan.

Ketrinning soʻzlariga koʻra Ronaldu bu voqeani oshkor qilmasligi uchun unga 375 ming dollar bergan.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.09.2018 | Комментарии (0)

29.09.2018 в 16:45
Argentinalik futbol mutaxassisi Ektor Kuper rasman O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat bosh jamoasini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan mutaxassis bilan va nihoyat muzokaralarni yakunladi. O‘FA rasmiylari shartnoma imzolash mumkin bo‘lgan 10 dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper variantida to‘xtaldi.

Mamlakat milliy terma jamoasining taklifini qabul qilgan Kuper kecha, 1-avgust kuni xabar qilinganidek, 6-avgust sanasida Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi. Shundan so‘ng u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr terma jamoasi edi. 62 yoshli mutaxassis misrliklar bilan JCh—2018 dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng iste’foga chiqarildi.

B ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 02.08.2018 | Комментарии (0)

02.08.2018 в 12:46
Xabaringiz bor O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz “CAFA U-16 championship” mintaqa chempionati o'tkazildi. Ushbu musobaqada Usmon Toshev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'iziston terma jamoalarini mag'lub etib musobaqa g'olibiga aylanishdi.

UFA rasmiy saytining xabar berishicha joriy yilning 22-30 iyul kunlari Toshkent shahri Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilinayotgan yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo'ldi. O'smirlar va yoshlar futbolini rivojlantirish dasturi asosida bu safar “CAFA U-15 championship” musobaqasi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi, Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston, Eron va Qirg'iziston terma jamoalari g'oliblik uchun kurash olib boradilar. Bahs ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.07.2018 | Комментарии (0)

12.07.2018 в 17:30
Futbolchi soliqlarni o'z vaqtida to'lamaganlikda ayblanmoqda.

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, futbolchining soliqdan 14,7 million qarzi bor. Ammo soliq qarzini vaqtida to'lamaganligi uchun Ispaniya soliq xizmati jarima sifatida 28 million to'lashni talab qilmoqda. Agar sportchi jarimani 15 iyungacha to'lamasa ish sudga oshirilishi mumkin. Sud sportchini aybdor deb topsa, 8 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga qarshi ish 2017 yil iyun oyida qo'zg'atilgan bo'lib, 2011-2014 yillar davomida 15,7 million soliq to'lamaganligi uchun ayblangan. Ma'lumotlarga ko'ra, u o'zining haqiqiy daromadini yoshirib, soliqdan qarzi yo'qligi haqida yolgon ma'lumot bergan.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 01.06.2018 | Комментарии (0)

01.06.2018 в 12:46
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘FA tomonidan futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlashtirilgan edi. Ammo biroz vaqt muqaddam Samvel Babayan Latviya chempioni “Spartak” (Yurmala)ga bosh murabbiy etib tayinlangani ma’lum qilindi.

Shu o‘rinda futbolga aloqador faoliyatdan cheklangan murabbiy qanday qilib, Latviyada faoliyat olib bormoqda degan savol futbol muxlislarini qiziqtirayotgan edi. “Championat.asia” nashri esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyuda Samvel Babayan masalasiga oydinlik kiritdi.

Nashr jurnalistining “Babayan masalasi nima bo‘ladi?” degan savoliga Ahmadjonov quyidagicha javob qaytargan:

Uning borasida pozitsiyamiz o‘zgarmaydi. Milliy terma jamoadan o‘z manfaati yo‘lida foydalangan deb hisoblaganimiz uchun ham yaqin orada o‘zbek futboliga qaytarishni rejalashtirayotganimiz yo‘q. O‘FA qarori faqat biz uchun amalda bo‘ladi. Xalqaro miqyosda esa omadin ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 21.04.2018 | Комментарии (0)

21.04.2018 в 08:28
Xabaringiz bor, kecha Osiyo chempionlari hisoblangan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Shu kunning o'zida g'oliblarga “Malibu” avtomobillari topshirildi.

Shuningdek, SPORTS.uz sayti ma'lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati hokimi Osiyo chempioni bo'lgan “Nasaf”ning 4 futbolchisiga “Neksiya” beradi.

Eslatib o'tamiz, Bobir Abdixoliqov, Odiljon Hamrobekov, Azizjon G'aniyev va Doniyorjon Narzullayev “Nasaf” futbolchilari hisoblanadi.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.01.2018 | Комментарии (0)

29.01.2018 в 17:41
G'oliblarni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi keng jamoatchilik kutib oldi. O'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochgan futbolchilarimizga Shavkat Mirziyoyevning tabrigi o'qib eshittirildi.

22 nafar futbolchilarimizga oq rangli, 4 nafar murabbiylarga esa qora rangli Malibu avtomashinalari “Prezident sovg'asi” sifatida tantanali ravishda topshirildi.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 29.01.2018 | Комментарии (0)

29.01.2018 в 13:33
Ayol «Real» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tashkil etgan xayriya jamg'armasiga jami 32 ming yevro miqdorida pul o'tkazib, futbolchi bilan bir kun birga vaqt o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi. Shu pul evaziga ayol Ispaniya chempionati doirasida «Real» ishtirokida o'tadigan bitta matchning VIP joyini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, unga Ronaldu qatnashadigan jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etish va kumiridan dastxat olish huquqi ham berildi. Mashg'ulotlardan keyin esa shu kunning qolgan qismini ayol Ronaldu bilan birga o'tkazadi.
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 18.10.2017 | Комментарии (0)

18.10.2017 в 05:49
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Birinchi ligasining 13-turidan joy olgan “Surxon” — “Andijon” o‘yinida hakam 8 ta qizil kartochka ko‘rsatgani va har ikki klubning 4 nafardan futbolchisini maydondan chetlatgani xabar berilgandi.

PFL Termizdagi o‘yin voqeasini atroflicha o‘rganib chiqdi va ommaviy mushtlashuv ishtirokchilarini jazoladi. Ma’lum bo‘lishicha, umumiy sakkiz futbolchidan tashqari “Surxon” klubining shifokori ham janjalda faollik ko‘rsatgan va andijonlik futbolchilardan birini jazolagan.

Bunga qadar “Championat.asia” nashri “Surxon” — “Andijon” o‘yinida nazoratchi bo‘lib ishlagan Shamil Jumayev bilan bog‘lanib, janjal tafsilotlarini bilishga harakat qilgandi.

Futbolchilar o‘zini boshqara olmay qoldi. Ikkala jamoaga ham g‘alaba zarur edi. Natijada janjal kelib chiqdi. Uni andijonlik futbolchi boshladi.

Goldan keyin o‘yin yana ikki daqiqa davom etdi va uning yakuniga futbolchilar bir-birini qo‘lini siqib xayrlashdi.

Sh ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)

08.06.2017 в 12:27
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi finali oldidan Messi haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Bu haqda “Sports.ru” Krishtianuning FOX Sports Argentina’ga bergan intervyusiga tayanib ma’lumot taqdim etdi.

Ha, Messi menga yoqadi. Men yaxshi futbolchilar ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilaman, Messi esa ulardan biri. U yulduz va namoyish qiladigan futboli zavqli.

Qanday qilib menga yomonlik qilmagan odamni yomon ko‘rishim mumkin?! Messidan men haqimda so‘raganlarida ham faqat yaxshi gaplarni aytgan. Chunki o‘rtamizda iliq munosabat bor, bir-birimizni hurmat qilamiz. Bizni hayotda ham raqiblardek ko‘rsatish OAVning ishi. Ahir ular ham biznes qilishi kerak.

To‘g‘ri, biz Messi bilan do‘st emasmiz, u bilan tushlik qilmaymiz. Biroq bir-birimizni hurmat qilamiz. U menga dushman emas, balki hamkasb. Messi bilan so‘nggi o‘n yil davomida bir qator taqdirlash marosimlarida birga ishtirok etganimiz ham aloqalarimizni yaxshilayd ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 02.06.2017 | Комментарии (0)

02.06.2017 в 12:51
O‘zbekiston terma jamoasining 1994-yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqishida mehnat qilgan sobiq futbolchi Ulug‘bek Ro‘zimov vafot etdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

1968-yilning 15-avgustida dunyoga kelgan Ulug‘bek Ro‘zimov futbolchilik faoliyatini 1985-yil “Xorazm” klubida boshlagandi. U keyinchalik karyerasining asosiy qismini Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarkibida o‘tkazdi.

Ulug‘bek Ro‘zimov 1994-yil Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan XII Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Rustam Akromov va Birodar Abduraimov murabbiylik qilgan O‘zbekiston termasiga chaqirilgan Ro‘zimov vafotiga qadar “Paxtakor” akademiyasida ishlab kelayotgandi.

Sobiq futbolchining o‘limiga aynan nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 09.05.2017 | Комментарии (0)

09.05.2017 в 12:01
Dortmundning “Borussiya” klubi mehmonxonadan chiqib, stadion sari intilishi oldidan avtobus yaqinida portlash sodir bo‘lgandi. Bunda jamoaning ispaniyalik futbolchisi Mark Bartra jarohatlangani aytilgandi.

Nemis nashrlarining ma’lum qilishicha, voqea sodir bo‘lishi bilan shifoxonaga yetkazilgan Mark Bartra muvaffaqiyatli operatsiya qilingan. Uning qo‘liga oyna siniqlari va yana boshqa zarralar kirib ketgandi deyiladi xabarlarda.

Ayni vaqtda Bartra o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ammo bu uning “Monako”ga qarshi harakat qila olishini bildirmaydi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 12.04.2017 | Комментарии (0)

12.04.2017 в 13:10
Bugun Toshkentning “Paxtakor” klubida yig`ilish bo`lib o`tgani hamda unda Usmonov Alisher Burxonovich Usmonov “Paxtakor” klubining yangi aksioneri sifatida e`lon qilingani haqida Championat.asia nashri xabar tarqatgandi.

Yig`ilishda, shuningdek Milliy olimpiya qo`mitasi vise-prezidenti, O`zbekiston Paralimpiya assosiasiyasi raisining o`rinbosari Axmatjanov Umid Maxamatjanovich “Paxtakor” klubining bosh direktori etib tayinlangani ham aytilgandi.

“Paxtakor” klubning “Tvitter”dagi sahifasida ushbu xabar noto`g`ri ekani haqida ma`lum qilindi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: Admin | Дата: 10.04.2017 | Комментарии (0)

10.04.2017 в 11:10
Fransiya chempionatining 30-turida dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan klublar g‘alaba nashidasini surdi.

“Monako” safarda yirik g‘alabaga erishdi. “PSJ” esa o‘z maydonidagi markaziy o‘yinda “Lion” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Ma’lumot uchun, parijliklar yevrokuboklardagi yurishiga yakun yasagandi. Monako va Lion shaharlarining asosiy jamoalari esa kurashni davom ettirmoqda.

Fransiya Birinchi divizioni
30-tur
17-mart, juma

“Mets” — “Bastiya” 1:0

Gol: Jil Sioni, 46-avt (1:0).

“Lill” — “Marsel” 0:0

18-mart, shanba

“Nant” — “Nitssa” 1:1

Gollar: Emiliano Sala, 22 (1:0). Jan Seri, 28 (1:1).

“Anje” — “Gengam” 3:0

Gollar: Jonatan Bamba, 63 (1:0). Toma Mangani, 69 (2:0). Famara Dyediu, 83 (3:0).

“Bordo” — “Monpelye” 5:1

Gollar: Diyego Rolan, 25 (1:0). Yunuss Sankare, 29 (2:0). Valentin Vada, 32-pen (3:0). Riyod Budebuz ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 20.03.2017 | Комментарии (0)

20.03.2017 в 08:58
Qarshining “Nasaf” futbol klubiga qarashli stadion rekonstruksiya qilinmoqda, deb yozdi jamoa matbuot xizmati. Shu boisdan ham Ro‘ziqul Berdiyev boshchilik qilayotgan jamoa Chempionlar ligasidagi o‘yinini “Bunyodkor” stadionida o‘tkazgandi.

Ma’lum qilinishicha, stadionga yangi chim yotqizish ishlari boshlangan. Bunda qarshiliklar Kentucky blue grass markasidan foydalanayotgan bo‘lib, u mahalliy iqlimdan kelib chiqib tanlangan.

Chimni yotqizishda jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi faol ishtirok etmoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq qarshi olingan.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” futbol klubining Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinidan keyin Salamat Qutiboyev stadionni O‘zbekistondagi eng yaxshisi degan bo‘lsa, “Al-Ahli” futbolchisi “Lokomotiv” stadioni chimini talabga javob bermaydi deb topgandi.

Keyinroq esa Osiyo qit’asining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Umar Abdulrahmon “Bunyodkor” stadion ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 17.03.2017 | Комментарии (0)

17.03.2017 в 11:06
“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresdan “Portu” hujumchisi va hamyurti Andre Silvani sotib olishni so`radi. Bu haqda Championat.com xabar bermoqda.

Xabarlarga ko`ra, ayni vaqtida Silvaning tovon puli 60 million evroni tashkil qiladi. Madrid klubi uni sotib olish uchun kamida mana shu summani to`lashi lozim bo`ladi.

Joriy mavsumda Andre Silva Portugaliya chempionatining 24 uchrashuvida 15 ta gol urishga muvaffaq bo`lgandi. Uning “Portu” bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilgacha mo`ljallangan.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 15.03.2017 | Комментарии (0)

15.03.2017 в 12:12
Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalidan joy olgan “Barselona” —“PSJ” uchrashuvini germaniyalik Deniz Aytekin boshqarib borgandi. “Sports.ru”ning Marca nashriga asoslanib xabar berishicha, kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan referi Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi o‘yinlariga qayta taklif qilinmaydi.

Aytekin “PSJ” zarariga ishlagan bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Jumladan, u Di Mariyaga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun “Barselona” darvozasiga penalti tayin qilmagani, aksincha, qo‘pollikdek ko‘rinmagan vaziyatlarda parijliklar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbalari belgilagani shubha ostiga olingan.

UEFA hakamlar qo‘mitasini italiyalik mashhur Pyerluiji Kollina boshqarib boradi. Uning qo‘l ostidagi komissiya vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqib, Deniz Aytekinni Chempionlar ligasining shu mavsumi hisobidan o‘yinlarga qayta taylif qilmasligi katta ehtimol.

Ma’lumot uchun, “Barselona” o‘z maydonida Parij klubi ... Читать дальше »
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 10.03.2017 | Комментарии (0)

10.03.2017 в 12:21
Ispaniya chempionati 22-turida “Barselona” safarda “Alaves” mehmoni bo`lib, 6:0 hisobidagi yirik g`alabani qo`lga kiritdi.

Muvaffaqiyat bilan birga kataloniyaliklar himoyachisidan ham ayrildi. Uchrashuv yakuniga etib borayotgan bir vaqtda “Alaves” a`zolaridan biri “Barselona” himoyachisi Aleysh Vidalga o`ta og`ir jarohat etkazdi, deb yozadi Sports.uz.



Futbolchi tibbiy ko`rikdan o`tgach, uning safga qaytish muddati aniq bo`ladi. Ammo suratda ko`rinib turganidek, jarohat juda jidiy. O`yindan so`ng Fransua jarohat etkazgani uchun Vidaldan kechirim so`rashini aytgan: "Vidal qanday holatdaligini ko`rmoqchiman va undan kechirim so`ramoqchiman".

Manba: Darakchi.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Добавил: G‘anisher | Дата: 12.02.2017 | Комментарии (0)

12.02.2017 в 07:20
1 2 3 ... 6 7 »

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Август 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019