VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

21:11
«So'yla, Qora dengiz» serialidagi «zo'ravon» aslida qanday inson? (+Suhbat)
Mehmet Ali Nuro'g'lu «So'yla, Qora dengiz» serialida ayollarga zo'ravonlik qiladigan tuban kimsani gavdalantiradi. Serialda bu eng ko'p muhokama qilinadigan qahramon. Shu kungacha ijobiy rollarni o'ynagan aktyor «Buni bilishingizni istayman, men chindan ham Iremni o'ldirmayman», — deydi.



— Shu paytgacha sizni bunday qahramon rolida ko'rmaganmiz. Har doim ijobiy qahramonlar obrazini yaratgansiz, endi esa salbiy qahramon?..

— Aslida, «So'yla, Qora dengiz» serialida menga boshqa ijobiy qahramon rolini berishdi. Men esa Vedatni tanladim. Chunki men hech qachon bunday qahramonni o'ynamaganman. Ammo bu men tanlaydigan ish emas. Eng avvalo, ko'nglimga ma'qul bo'lishi kerak.

— Vedat xotiniga nisbatan kuch ishlatadi, uni zo'rlab uyga qamab qo'yadi. Vedat haqida nima deysiz?

— Vedatni hech kim majburan tushunishi shart emas, ammo men tushunishim kerak. Uning maqsadi, harakatlari, ichki haqligi va adolatsizligini bilaman, bilishim zarur. Shuning uchun u haqda bunday deyman: Vedat shunday qahramonki, uxlashiga joy yo'q. Ammo men unga o'z ichimdan uxlashiga joy berishim kerak. Chunki nima bo'lganda ham, uning dunyosida uni haq ko'rishim, uning haqiqati bilan yashashim lozim. Aslida, bu qo'rqinchli bir narsa. Bu yomon odam bo'lish uchun yo'l.

Vedat butun g'azabini xotiniga sochadi. Bunday odamlar juda ko'p. Vazmin bo'lish kerak. Shoshilinch xulosa chiqarish kerak emas. Men o'zimga ozor beraman, ammo yaqinlarimga — hech qachon. Biroq Vedat bunday qahramon emas.

Bilasizmi, o'g'li va xotini uni maxluq sifatida ko'radi. Ammo uning o'zi yonadigan jahannami bor. Ya'ni hayotida hamma narsa sovuq va qorong'i.

— Odamlarga mehringiz baland. Ammo maydonchada siz doim darg'azab, yovuz qahramonni o'ynaysiz, unga qanday ko'nikdingiz?

— Odamni tug'ilgandan yaxshi yoki yomonga ajratishmaydi. Bularning bari vaqt o'tishi bilan yuz beradi. Agar siz bir odamda yaxshilikni o'ldirsangiz, unda darrov yomon jihatlar namoyon bo'la boshlaydi. Har birimizning ham yomon, ham yaxshi tomonlarimiz bor. Men uchun Vedat yordamga muhtoj. Bu qahramonni o'ynash uchun men ichdan yomon bo'lishim kerak. Men ham bu rolda shunday yashayapman.

— Og'ir emasmi?..

— Ruhiy jihatdan juda og'ir. Ba'zida og'ir sahna suratga olingandan so'ng uyquga ketishdan oldin o'zimni-o'zim go'yo mushtlab, zarba berayotgandek, asabiylik holati o'tib ketmayotgandek sezaman. Keyin bir amallab chalg'ish uchun turib, yoga bilan shug'ullanaman, kitob o'qiyman.

— Rolni juda yaxshi gavdalantirganingiz uchun sizga tahdidli xabarlar kelayotgani rostmi?

— Serial namoyishi boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda har xil haqoratlar va tahdidli xabarlar kela boshladi. Bunga e'tibor bermadim, chunki ijtimoiy tarmoqlarda hamma qo'pollik qilishi mumkin. Shuning uchun, bunday xabarlar oqimi to'xtashi uchun, o'sha xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishdim va ortiq bunday holat takrorlanmadi. Ko'chada xotirjam yurib, ijobiy fikrlarni eshityapman. Zo'rlikka uchragan ayollar menga minnatdorlik xabarlarini jo'natishyapti. Serialimiz namoyishi paytida zo'ravon erlar o'z uyida xotirjam o'tirolmaydi.

— Sizni urishgan sahnalarda o'zingizni qanday his qildingiz?

— Sizga bir gapni aytaman. Iremni chinakamiga urmayman. Buni hamma bilsin. Uni qanday urishim mumkin?

Mening zo'ravonlikni qoyillatishimda ham Irem juda katta rol o'ynaydi. Albatta, biz o'z ishining ustalarimiz, o'ynayotgan holatimizga kirib ketmaymiz, ammo baribir, bunday sahnalardan so'ng o'zimizni noxush his qilamiz.

Hech unutolmayman, shunday sahnalarning biridan keyin Irem chindan yig'lay boshladi, uni hech ham to'xtatolmadik. Men uning yoniga borib, xafa bo'layotganimni aytdim, u esa: «Men o'zim uchun yig'lamayapman, balki, o'ziga nisbatan shunday munosabatni ko'rayotgan ayollar borligi uchun yig'layapman, Mehmet Ali! Chindan ham bor!» dedi.

— Hayotda siz uchun eng yaxshi mashg'ulot yoga. Bunga qiziqish qachondan boshlangan?

— Bir kuni pilates bo'yicha murabbiyim menga yogani tavsiya qildi. Men har qanday turk erkagi singari: «Men, nima, yoga bilan shug'ullanamanmi, og'a?» deb munosabat bildirdim (kuladi).

Keyin bir marta sinab ko'rib, bir qarorga keldim. Birinchi marta yoga bilan shug'ullanganimdan so'ng shunday yengillikni his qildimki, hozirgacha hayotimda bunday yengillikni sezmaganman. Mashg'ulotlarni tashlab qo'ymadim. Mashg'ulotlarni tugatganimdan so'ng murabbiylik sertifikatini qo'lga oldim, keyin rafiqam bilan Hindistonga yoga o'rgatuvchilar maktabiga ketdik. U yerda tanaffuslar bilan sakkiz oyni o'tkazdik. Aslida, yoga — bu meditatsiya, unda odam diqqatni nafasiga qaratishi kerak.

— Serialdan tashqari, teatrda ham rol o'ynaysiz…

— Teatr — bu mening hamma narsam. Sahnaga chiqishni 15 yoshimda boshlaganman. Keyin qadam-baqadam har bir bosqichni bosib o'tdim: havaskorlar teatrida, katta sahnada ham chiqdim, xorijga bordim. Ammo o'qishni tamomlagandan so'ng imkonim bo'lmadi.

SEVINCh tayyorladi.

«Hordiq» gazetasidan olindi
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: «So'yla, Qora dengiz» serialidagi «zo'ravon» | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%