Ср, 13.11.2019, 18:06
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


07:46
Sirdaryoda 30 mln so‘m qarzini qaytarmagan erkak o‘lasi qilib kaltaklandi
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 30 million so‘m qarzini bermay kelayotgan erkak o‘lasi qilib kaltaklandi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati hokimlidagi manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 10-oktabr, payshanba kuni 37 yoshli S.X. bosh tepa chap tomoni yorilishi, burun suyagi yopiq sinishi va boshqa tan jarohatlari bilan Sardoba tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, shu kuni soat taxminan 17:00 larda tuman hokimligi oldida fuqaro S.F. tanishi S.X.ni oldiga chaqirib, uning 30 million so‘m qarzni qaytarish masalasida gaplashib olish uchun avtomashinaga taklif qilgan.

Shundan so‘ng birgalikda F.S.ning Nexia mashinasida Sardoba tuman “Fayzliobod” MFY hududidagi dala maydoniga borib, o‘zaro suhbat davomida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida qarz bergan F.S. fuqaro X.S.ni qo‘l va oyoqlari bilan urib tepib, tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanuvchi X.S. o‘z ko‘rsatmalarida F.S.ning yonida unig ikki o‘g‘illari ham bo‘lganini, ular ham uni urib tan jarohati yetkazganini ma’lum qilgan. O‘g‘illar haqiqatan ham X.S.ni hokimiyat binosi oldida ko‘rganida otasi F.S. bilan birga bo‘lganini, lekin u X.S. bilan gaplashib oladigan gaplari borligini aytgani sababli hokimiyat binosi oldida mashinadan tushib qolganini ma’lum qilgan.

S.F. o‘z ko‘rsatmalarida X.S.ning undan 30 million so‘m qarzi borligini, lekin bu pullarni bir yildan buyon qaytarmay kelayotganligi sababli gaplashib olish uchun chetroq joyga borganida X.S. bilan o‘zaro tortishib qolib jahl ustida uni urib tepib tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 11-oktabr, juma kuni X.S.ning olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, X.S. hozirda shifoxonada davolanayotganligi, to‘liq tashxis qo‘yilmaganligi, ekspertiza tekshiruvi tamomlanmaganligi sababli xulosa olishning imkoni bo‘lmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 58 | Добавил: Admin | Теги: Sirdaryoda 30 mln so‘m qarzini qayt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019