12:00
Singapurlik ayol uy xizmatchisining “zombi”ga aylanishini tasvirga oldi(Video)
Singapur fuqarosi Nurul Beyker uy xizmatchisi yovuz ruhlar domiga tushib qolganini ta`kidlamoqda, deb yozadi “Vesti”.

Ayol uy xizmatchisi ko`zlarini katta ochgan holda xonada yurgani va g`ayrioddiy harakatlar qilayotgani aks etgan videoni e`lon qildi.

“Uy xizmatchim dush qabul qilib chiqqanidan so`ng uni yovuz ruhlar o`z domiga tortgan, ko`rinadi. Yaxshiyam o`sha payt onam va bolalar uyda emas edi”,—deb yozadi Beyker uydagi kuzatuv kameralari orqali tasvirga tushirilgan videoni izohlar ekan.

Internet foydalanuvchilari esa videodagi qiz atayin o`zini “zombi”dek tutayotganini yozib qoldirgan.

“U atayin ishdan ketish uchun jo`yali bahonaga ega bo`lish uchun o`zini shunday tutyapti” ,deb fikr bildiradi yana bir internet foydalanuvchisi.

Video muallifi uy xizmatchisi borasida qanday qarorga kelganini ma`lum qilmagan.




Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 840 | Добавил: Admin | Теги: Singapurlik ayol uy xizmatchisining | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close