. Singapurda Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi - 5 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 07.04.2020, 17:48
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2877]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 277

Статистика


11:59
Singapurda Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi
Singapur hukumati 3-mart kuni Turkish Airlines’ning TK54 reysi bilan Istanbuldan uchib kelgan yo‘lovchilardan birida koronavirus aniqlanganini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bemor bilan aloqada bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar ham nazoratga olingan.

Hozirga qadar Turkiyada koronavirus aniqlanmadi. Singapurda esa 100 dan ortiq kishi virusni yuqtirib olgan.

“Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi 4-mart kuni kechqurun Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchida COVID-19 koronavirusi aniqlanganini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 4-mart kuni Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan TK55 reysi belgilangan vaqtda parvozni amalga oshirmagan.

Singapur transport vazirligi, fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va aeroport hukumati aviakompaniya va yo‘lovchilar bilan doimiy aloqada ekanligi aytilmoqda.

Xitoyda 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etdi. Mamlakat hududida ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni 3 mingdan oshib ketdi.

Avvalroq Vengriya, Latviya, Marokash, Avstraliya, Armaniston va Rossiyada koronavirusga chalinishning ilk holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 25 | Добавил: Admin | Теги: Singapurda Turkiyadan uchib kelgan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020