Вс, 23.09.2018, 00:16
Приветствую Вас, Mexmon

11:00
Shotlandiyada sayyohlar uchun soliq joriy etilishi mumkin
Shotlandiya hukumati Edinburgda sayyohlar uchun soliq joriy qilish imkoniyatini muhokama qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Mamlakat hukumati Edinburgda yozgi mavsumning ayni qaynagan vaqtida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini hisobga oladi. So‘rovda ishtirok etgan sayyohlarning 92 foizi agar soliq bir kecha uchun bir funtdan oshmasa, shaharga kelishda davom etishini ko‘rsatgan.

Shuningdek, ishtirokchilarning 78 foizi agar soliq bir tun uchun to‘rt funtni tashkil qilsa ham, Edinburgga kelish rejasini o‘zgartirmasligini qayd etgan.

Mahalliy aholi orasida o‘tkazilgan xuddi shunday so‘rov taxminan 59 foiz aholi tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 25 | Добавил: Admin | Теги: Shotlandiyada sayyohlar uchun soliq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar