Чт, 13.12.2018, 14:40
Приветствую Вас, Mexmon

12:11
Shavkat Mirziyoyev 2018-yil nomini e’lon qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘llamoqda. Prezident murojaati “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Prezident o‘z murojaatida 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Yig‘ilishga to‘plangan deputat va senatorlar, jamoatchilik vakillari ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1997-yildan e’tiboran har bir yilga shu davr ichida rivojlanishlarning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan edi. 1997—2017-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2013-yil — Obod turmush yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008-yil — Yoshlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2004-yil — Mehr va muruvvat yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
1999-yil — Ayollar yili
1998-yil — Oila yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 498 | Добавил: Admin | Теги: Shavkat Mirziyoyev 2018-yil nomini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar