05:20
Shahrisabzda 38 yoshli erkak o'z xonadonini qimorxonaga aylantirgani aniqlandi

2021 yilning 13 mart kuni soat 23:00 larda 38 yoshli Aziz K. Shahrisabz tumani Anday qishlog'ida joylashgan yashash xonadonida 8 nafar fuqarolarga o'yin kartasi yordamida qimor o'ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, xonadonidan 12 dona o'yin kartasi, qimor uchun tikilgan 2 844 000 so'm va 50 AQSh dollar pul mablag'lari Aziz K.,dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Aziz K., ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish hamda o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 18 | Добавил: Admin | Теги: Shahrisabzda 38 yoshli erkak o'z xo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close