20:33
Shahar ichida shahar. “Qarshi City” loyihasining qurilishi boshlandi
Ayni paytda shaharning “Navo” mahallasi hududida joylashgan 22 gektar maydonda ipoteka krediti asosida 320 ta xonadonga mo'ljallangan 16 qavatli uy-joylar qurilishi boshlab yuborildi. Qurilish ishlari Qarshi shahar qurilish invest buyurtmasi asosida bosh pudratchi “Agromir” MChJ quruvchilari tomonidan olib borilmoqda.
Bundan tashqari “Qarshi City” hududida 1 ta o'rta maktab, 2 ta maktabgacha ta`lim muassasasi, teatr, savdo majmualari va boshqa ijtimoiy soha ob`ektlari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Muhtasham “Qarshi City”dan ipoteka krediti asosida uy-joy olish istagida bo'lgan fuqarolar Ipoteka bank ATIB Qashqadaryo viloyat filialiga murojaat qilishlari mumkin, deb yozadi Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 261 | Добавил: Admin | Теги: Shahar ichida shahar. “Qarshi City” | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close