Чт, 18.10.2018, 19:07
Приветствую Вас, Mexmon

07:14
Senga oshiqman hind seriali voqealar rivoji 151-qism (12.02.2018)
Ranvir: - Nima xoxlayapsan? Nega bunday qilayapsan?
Ishani: - Siz hozir haqiqatni eshitadigan holatda emassiz.
Hansa esa Shekharga: - Ishani haqiqatni aytib qo'yishidan qo'rqayapman! - deydi.
Ranvir: - Sen menga yetarlicha azob berding. Hammasini eshitishim mumkin.
Shekhar: - Agar Ishani aytishni xoxlaganda hammaning oldida aytardi.
Ishani: - Ritika meni dugonam. U vino ichib, bolasiga ziyon yetkazishini istamagandim.
Kanchan Ritikani chetga oladi va unga suv olib kelish uchun ketadi. Shekhar Ritikaning yoniga boradi va unga:
- Jaxling chiqqan ko'rinadi. Sevgan odamingni uyida yashash qiyin bo'lsa kerak. Sevgan odaming ayniqsa birinchi xotini bilan yashasa. Ishani uchun men kechirim so'rayman. U avariya bo'lib xotirasini yo'qotgan.
Ritika: - Ishani xotirasini yo'qotmagan. Insonlar xotirasini yo'qotganda hammasini unutardi.
Shu payt Ranvir Ishanini qo'lida ko'tarib unga suv keltirishlarini so'raydi.
Hansa: - Shunaqa bo'lishi aniq edi. U ertalabdan beri hechnima yemagandi.
Ranvir: - Hammasi mening aybim bilan bo'ldi. Men unga g'amxo'rlik qilishim kerak edi.
Ranvirning Ishaniga qilayotgan g'amxorligini ko'rib Ritikaning jaxli chiqadi. Lekin bir tarafdan Ishani onasini o'ldirganini aytib qo'ymadimikan deb qo'rqadi. Ranvir Ritikaga g'alati qaraydi. Ritika RV hammasini biladi shekilli deb o'ylaydi, lekin isbotlagani hech qanday dalil yo'q deydi. Ranvir Ritikaning yoniga boradi.
Ritika: - Men Mangalsurt qo'yganim uchun meni kechir RV - deydi.
Ritika Ranvir haqiqatni biladi deb o'ylardi.
Ranvir: - Sen vino ichganing uchun Ishani senga tarsaki tushurdi. Ishani haq edi.
Doktor esa Ishanining yuziga suv sepadi va u ancha xoldan toyganini, dam olishi kerakligini aytadi.
Hansa Ishaniga sut olib kelishlarini buyuradi, lekin RV uni olib ketishini aytadi.
Shekxar Ranvirga Ishanini olib chiqishda yordamlashadi va agar Ishani xotirasidan ayrilmaganda bugun uning xotini bo'lishi mumkinligini o'ylaydi. So'ng u ham ular bilan birga ketadi. Ranvirni tizzasida xushsiz yotgan Ishanini ko'rib Shekxar xavotirlanadi.
Chaytali esa Ishani ikkala yigitni ham egallab oldi deya hazilomuz gapiradi. Hansa esa Ritikani to'xtatish kerakligini, Ishani oz bo'lsa ham Ranvir bilan bo'lishi kerakligini o'ylaydi.
Shekxar va Ranvir Ishanini uyga olib kelishadi. Amba va Lakshmi ularni ko'rib shokka tushishadi.
Amba: - Men Ritikani Ranvir bilan birga bo'lsin deb yuborgandim. Lekin Ranvir bilan Ishani bu yerda?...
Lakshmi: - Ishani shu ikki oshiq o'rtasida biram baxtliki - deydi.
Amba: - Shekxar tepada namuncha ko'p qolib ketdi - deydi.
Tepada xonada RV va Shekxar Ishanini qulay yotqizish uchun kelishishardi va bir-biridan hijolat tortishardi...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 197 | Добавил: Admin | Теги: Senga oshiqman hind seriali voqeala | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar