Пт, 15.11.2019, 21:14
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2741]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


08:03
Sankt-Peterburgdagi Burger King kafesida o‘zbekistonlik yigitning jasadi topilgan edi. Uning pichoqlab o‘ldirilgani aytilmoqda
16-sentabr, dushanba kuni Sankt-Peterburgda Burger King kafesining yordamchi xonasida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi 2019-yilning 14-sentabr kuni shahardagi ovqatlanish punktlaridan birining omborida O‘zbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilganini tasdiqlagan.

Politsiya o‘limga pichoqdan olingan jarohat sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ayni paytda tegrovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatdi hamda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49”, — deyiladi xabarda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 100 | Добавил: Admin | Теги: Sankt-Peterburgdagi Burger King kaf | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Сентябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Reklama
Copyright MyCorp © 2019