Вс, 15.12.2019, 19:27
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2773]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


12:41
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik muhojirni pichoqlagan 3 o‘smir hibsga olindi
Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi o‘zbekistonlik 38 yashar mehnat muhojiriga hujumda gumon qilingan uch nafar o‘smirni kelgusi yil 12-yanvarga qadar vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga yubordi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar bermoqda.

Mazkur hodisa 11-noyabr kuni kechki payt ro‘y bergan. 19, 17, 16 va 15 yoshli 4 nafar mahalliy aholi vakili “Kovalevo posti” temir yo‘l bekatida o‘zbekistonlikka hujum qilib, yuziga gaz suyuqligini purkaydi. Shundan so‘ng ayovsiz tepkilab, kamida 5 marotaba pichoqlaydi. Uning qo‘l telefoni va ichida kiyimlari bo‘lgan ryuzakini tortib oladi. O‘g‘irlangan buyumlar qiymati 7850 rubldan (122 dollar atrofida) oshmagan bo‘lsa ham, muhojirga jiddiy jarohat yetkaziladi.

Tergov qo‘mitasi shahar bo‘limi matbuot xizmatiga ko‘ra, hujum “ekstremistik kayfiyatlar” tufayli amalga oshirilgan, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlardagi millatchilik ruhidagi guruhlarga kirib turgani aniqlangan.

Mazkur hujumda ishtirok etgan to‘rtinchi qatnashchi ozodlikni cheklash chorasidan qutulib qolgan. Uning 15 yoshda ekanligi aytilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 28 | Добавил: Admin | Теги: Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik mu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019