Вс, 19.08.2018, 20:46
Приветствую Вас, Mexmon

17:11
Samarqandda xotinini o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan shaxs 8 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudida sudya B.Jo‘rayev raisligida o‘z xotinini dastlab kaltaklab, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgan Naimjon Rahimovning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Sudda 2017-yilning 25-avgust kuni soat taxminan 22.00 atrofida N.Rahimov mast holatda, Tayloq tumani, Gulobod mahallasida joylashgan aholiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan oshxonada, turmush o‘rtog‘i Marina Rahimova bilan o‘zaro janjallashib, janjal davomida turmush o‘rtog‘i M. Rahimovaning yuz qismiga qo‘li bilan urib yuboradi. Musht zarbidan yerga yiqilgan jabrlanuvchining N. Rahimov qorin, bel sohalariga va tanasining boshqa qismlariga oyoqlari bilan tepib, qo‘llari bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib qasddan o‘ldirganligi aniqlandi.

Sud jarayonida sudlanuvchi N. Rahimov turmush o‘rtog‘ining vafot etganini ertasi kuni (2017-yil 26-avgust kuni) bilganligini bildirib o‘tdi. Bu haqida hech kimga aytmasdan, shu kuni yarim tunda xotinining jasadini yashash uyi hovlisiga ko‘mib qo‘ygan. Farzandlariga, mahalladoshlariga esa turmush o‘rtog‘ini Rossiyaga ketib qoldi deb aytgan. Oradan taxminan bir oylar o‘tib turmush o‘rtog‘i ko‘milgan joyning ustiga g‘isht terib tashlaganligini bildirib o‘tdi.

Sudlanuvchi Naimjon Rahimov sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, marhuma Marina Rahimova turmush o‘rtog‘i ekanligini, u 1990-yilda oliy o‘quv yurtiga kirish uchun Ukraina Respublikasiga ketganligini, u yerda Marina Rahimova bilan tanishib, turmush qurganligini, 1996-yilda Ukraina Respublikasi fuqaroligini olganligini va shu yili O‘zbekistonga oilasi bilan qaytib kelganligini bildirib o‘tdi.

Sud jarayonida sodir bo‘lgan holatlar atroflicha o‘rganilib, sudlanuvchi Naimjon Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan shu Kodeksning 57-moddasi (“Yengilroq jazo tayinlash”) qo‘llanilib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 406 | Добавил: Admin | Теги: o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygan shaxs , Samarqandda xotinini o‘ldirib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar