. Samarqandda tunda uchrashuvga chiqqan yigit va qiz «samosud» qilindi - 19 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Чт, 02.04.2020, 00:16
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


12:57
Samarqandda tunda uchrashuvga chiqqan yigit va qiz «samosud» qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda tunda uchrashuvga chiqqan yigit va qizni haqoratlab, ularni urganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Mazkur holat joriy yilning 3 mart kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat taxminan 21:00 atrofida Samarqand shahar «Jomiy» mahallasida yashovchi fuqaro (qiz bola) B.M.ning qo‘l telefoniga Toyloq tumani «Nurli-yo‘l» mahallasida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan O.A. qo‘ng‘iroq qilib, birgalikda sayr qilishni taklif qiladi. Taklifga rozi bo‘lgan B.M. singlisi M.B. bilan yashash uyi oldidagi ko‘chaga chiqadi.

O.A. uchrashuvga mahalladoshi 1996 yilda tug‘ilgan X.D.ning mashinasida borib, hammasi birgalikda Toyloq tumani «Nurli-yo‘l» mahallasida joylashgan, hozirgi kunda Turkiya davlatida bo‘lgan fuqaro «A»ga tegishli bo‘lgan uyga borishadi.

Ichkaridagi shovqinni eshitgan qo‘shnilar Q.S., N.A., Q.A., B.F., O.A., X.D.lar uyga kirishadi. Fuqaro Q.S. qizlarni haqoratlab, yuziga tarsaki urib, o‘zboshimchalik bilan jazolamoqchi bo‘ladi. Shu vaqtda qolgan fuqarolarning bir nechtasi holatni videotasvirga olib, tungi vaqtda xonadonda baqir-chaqir qilishadi.

Mazkur holatdan xabar topgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi janjalni oldini olish maqsadida fuqarolarni tarqatib yuboradi.

Samarqand viloyat IIB xodimlarining olib borgan dastlabki tekshiruvlari natijasida fuqarolar Q.S., N.A., Q.A., B.F., O.A., X.D.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 41-moddasi, 52-moddasi 2-qismi, 183-moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, tegishli tartibda qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Toyloq tuman Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga yuborilgan.

Fuqaro Q.S. qonunni yaxshi bilmasligini, bu kabi harakatlar boshqa qaytarilmasligini ma’lum qilib, qizlarni haqorat qilganligi, ularga nisbatan qilgan boshqa harakatlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirgan. Holat yuzasidan yakuniy qarorni sud organi qabul qiladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 57 | Добавил: Admin | Теги: Samarqandda tunda uchrashuvga chiqq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020