Вс, 22.07.2018, 11:24
Приветствую Вас, Mexmon

07:19
Samarqandda tajribasiz shifokorning aybi bilan bir bolaning oyog'i falaj bo'lib qoldi
Otajon Inomov (ism-familiyalar o'zgartirilgan) o'rta maxsus ma'lumotli tibbiyot xodimi. Lekin u biron bir tibbiyot muassasasida rasman ishlamagan, deb yozadi «Zarafshon» nashri.

Gap shundaki, Otajon istiqomat qiladigan mahallada voyaga yetmagan Nurbekning tana harorati ko'tarilib ketadi. Shunda O.Inovom “Deklofenak” dori vositasini in'yeksiya orqali issig'ini tushirish maqsadidda Nurbekka jo'natadi. Nurbekning sog'ayishi o'rniga ahvoli og'irlashadi.

Samarqand sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasidan ma'lum bo'lishicha, bemor N.Qobilovga qilingan amaliyot noto'g'ri bo'lgan. Shuning oqibatida Nurbek chap oyog'ining falajligi yuzaga kelgan. Buning natijasida bemor og'ir tan jarohati olgani aniqlangan.

Sudlanuvchi O.Inomov aybiga to'liq iqror bo'ldi.

Jabrlanuvchining onasi M.Qobilovaga moddiy va ma'naviy zararni ixtiyoriy ravishda to'lab, kechirim so'ragan. Sudlanuvchi va jabrlanuvchi o'zaro ixtiyoriy yarashgan. Yarashish chog'ida har ikkalasiga nisbatan chetdan tazyiq bo'lmagan, deb yozadi muallif.

Sud tomonlarning yarashgani munosabati bilan ish yuritishdan tugatish to'g'risida ajrim chiqardi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 76 | Добавил: Admin | Теги: Samarqandda tajribasiz shifokorning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar