20:08
Samarqandda narkokuryerning rejasi chippakka chiqdi

Bojxona organlari tomonidan olib borilayotgan qator tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari  huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to'xtatilib, belgilangan tartibda ko'zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari orasiga 23 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini yashirib olganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 212 | Добавил: Admin | Теги: Samarqandda narkokuryerning rejasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close