13:06
Samarqandda kollej o‘quvchisi bo‘lgan qiz sherigi bilan tog‘asining uyiga o‘g‘irlikka tushdi
Shu yil 19-yanvar kuni noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi O‘.B.ning uyiga bostirib kirib, 16 yoshli nabirasi B.O‘.ning boshiga noma’lum jism bilan urib, u yerdan pullar va zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

B.O‘. olgan jarohati tufayli kasalxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasi O‘.B.ning birga yashovchi jiyani, Samarqand pedagogika kolleji 2-bosqich o‘quvchisi S.N.ismli qiz va Charxin ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, muqaddam sudlangan N.S. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.

Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 295 | Добавил: Admin | Теги: Samarqandda kollej o‘quvchisi bo‘lg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close