Вс, 23.09.2018, 00:23
Приветствую Вас, Mexmon

11:01
Samarqandda kaltaklangan fuqaro kasalxonada vafot etdi
Joriy yil 9-sentabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi O.X. va Yo.M. “Ergashxon” xususiy korxonasi hududida o‘zaro janjal sabab Mundiyon qishlog‘ida yashagan M.A. tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida M.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 13-sentabr kuni vafot etgan.

O.X. va Yo.M. ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 49 | Добавил: Admin | Теги: Samarqandda kaltaklangan fuqaro kas | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar