VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

10:32
Samarqandda haydovchi YPX ispektorini qasddan o'ldirdi
Yo'l patrul xizmati inspektori Ibrohim Nishonov haydovchiga mashinani to'xtatishga ishora beradi, lekin haydovchi ispektorni avtomashinada qasddan urib yuboradi.

24 may kuni soat 12.05larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida “Damas” rusumli avtomashinasini telefonda gaplashib boshqarib kelayotganligi sababli, shu yerda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyati Yo'l patrul xizmati inspektori Ibroxim Nishonov tomonidan yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida to'xtatilganida haydovchi xodimning to'xtash ishorasiga bo'ysunmay harakatni davom ettirgan.

Haydovchi harakatni davom ettirib ketishi natijasida safdor I.Nishonovni qasddan urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan. Natijada safdor I.Nishonov jarohat olib kasalxonada vafot etgan.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, ko'rilgan choralar natijasida “Damas” rusumli avtomashinani egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib ushlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Samarqandda haydovchi YPX ispektori | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%