. Samarqandda fuqaro akasining xotinini pichoqlab o'ldirdi - 31 Января 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Сб, 29.02.2020, 09:22
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2835]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 275

Статистика


20:31
Samarqandda fuqaro akasining xotinini pichoqlab o'ldirdi
Bugun, 31 yanvar kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi R.M. akasining turmush o'tog'i U.P. bilan o'rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog'i bilan “qurollanib”, yangasining yashash uyiga borgan. Yangasi U.P.ning bo'yin sohasiga pichoq sanchib, uni qasddan o'ldirgan va voqea joyidan yashiringan.

Viloyat prokuraturasidan olingan ma'lumotga ko'ra, prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko'zdan kechirilib, ushbu xonadon ko'chasidagi ariq ichidan qonga o'xshash dog'lari bilan ifloslangan pichoq va boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Tuman prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko'zg'atilib, u himoya huquqi bilan ta'minlangan holda JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo'yicha Narpay tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonini viloyat prokuraturasi ham nazoratga olgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 41 | Добавил: Admin | Теги: Samarqandda fuqaro akasining xotini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Январь 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020