12:26
Samarqand “qizil” hududga aylandi

Kecha, 5 may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi ma’lum qilingan edi.

Samarqand viloyati komissiyasining yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, ayni paytda Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, bu hududda hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining 30 apreldagi qaroriga ko‘ra, viloyatning Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulung‘ur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari yumshatilmasligi ma’lum qilingandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 266 | Добавил: Admin | Теги: Samarqand “qizil” hududga aylandi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close