Главная » 2018 » Май » 3 » Samarqand jinoyat sudi 32 yoshli ayolni 6 yashar bolani o'ldirgani uchun atigi 2, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi…
07:44
Samarqand jinoyat sudi 32 yoshli ayolni 6 yashar bolani o'ldirgani uchun atigi 2, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi…
Samarqand viloyati Poyariq tumanida yashovchi Ozoda Parmonova ismli ayol xorijga pul ishlab topish uchun jo'nab ketayotib, o'zining 6 yashar qizchasiga 32 yoshli Umida Ochilovani enagalikka tayinlagan. Har oyda bu xizmati uchun enagaga jami 600 ming so'm (75 dollar) dan haq yuborayotgandi. Ammo so'nggi oylarda pul negadir jo'natilmay qoldi va Umida Ochilova alamini qizaloqdan ola boshladi. U qizaloqni tez-tez kaltaklashga odatlandi. Hatto, qizcha noma'lum sabablar natijasida 35 foiz tana kuyishi jarohatini olishga ulguribdi. Kuyish sabablari mavhumligicha qolib ketdi. Enaga hatto do'xtirlarga murojaat ham qilmadi. Oradan bir necha kun o'tgach, qizaloq kuyish va yana ko'plab tana jarohatlari sababli olamdan o'tdi.

Umida Ochilova va uning eri azbaroyi qo'rqib ketganidan, jasadni yo'q qilish payiga tushdi. Ayolning eri Mehroj Samarqanddagi qabristonlardan biriga borib, go'rkovga nogiron farzandi o'lib qolgani, uni zudlik bilan dafn etish zarurligini tushuntira boshladi. Go'rkov qizchaning o'limi haqida tibbiy ma'lumotnoma talab qildi. Shubhasiz, unday hujjat yo'q. Xuddi shu narsa go'rkovda shubha uyg'otdi va o'zi yashaydigan mahalla oqsoqoli bilan maslahatlashib, militsiyaga xabar qildi.

Tergov jarayonida shu narsa ma'lum bo'ldiki, Umida Ochilova ijaraga kvartira olib, o'sha yerda qizaloqqa enagalik qilgan. Undan tashqari ayolning tarbiyasida yana to'rt bola bo'lgan. Umida ularning ota-onalaridan ham oyiga 600-700 ming so'mdan ish haqi olib turgan.

Ekspertiza halok bo'lgan qizaloqning peshonasi, yuzlari, burni, o'ng ko'zi atrofi, oyoqlari va tanasining boshqa qismlarida jiddiy jarohatlar borligini aniqladi. Shu bilan birga uning tanasida 35 foizli kuyish jarohati bo'lgan. Qolaversa, ekspertiza qizaloq so'nggi 40 kun ichida deyarli och holda tutib turilganligini ko'rsatdi.

Samarqand jinoyat sudi ushbu ishni atroflicha ko'rib chiqib, Umida Ochilovani 2, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qildi. Ammo jabrlanuvchi taraf bu hukmdan norozi bo'lishi tayin. Negaki, butun boshli odam o'ldirilgan. Qotillik esa shafqatsizlarcha jazolanishi shart.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 79 | Добавил: Admin | Теги: 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum et, Samarqand jinoyat sudi 32 yoshli ay | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz