Вт, 17.07.2018, 07:00
Приветствую Вас, Mexmon

10:26
Saif Ali Xonning Bollivuddagi birinchi rafiqasi va ularning muhabbat tarixi
1988-89 yillarda Amrita Singxning bir yilda 5 talab kinosi katta ekranga chiqarilgan edi. Bundan ko'rinib turibdiki, aktrisa o'sha yillarda eng talabgir yulduzlardan bo'lgan. Mana shunday shon-shuhratga ko'milib yurgan paytida Amritani Saif Ali Xon ismli yosh aktyorning ilk filmi premyerasiga taklif etishadi. O'sha kechada birinchi marotaba ko'rishgan bu juftlik bir ondayoq bir-biriga ko'ngil qo'yishadi.

Ammo yosh juftlikning hayotiga baxt bilan birga turli muammolar ham kirib keladi. Ulardan eng yomoni esa Amritaning Saifdan 12 yosh kattaligi, shuningdek, aktrisaning aktyor Vinod Kxannaga turmushga chiqishi kerakligi edi. Biroq Amrita ko'p o'ylab o'tirmadi va Vinod Kxanna bilan orani ochiq qiladi.

6 oylik uchrashuvlardan so'ng 1991 yilda Saif Ali Xon va Amrita Singx barchadan sir tutgan holda nikohdan o'tishadi. To'y qilishda esa juftlikka ularning Mumbaydagi do'stlari yordam berishadi. Amrita va Saifning ota-onalari bunday holatni umuman kutmagan edi. Saifning onasi taniqli aktrisa Sharmila Tagor bo'lib o'tgan voqea haqida gazetalardagi xabarlardan biladi va shu ondayoq o'g'liga qo'ng'iroq qilib, nega hech kimga aytmasdan bunday qilganligini so'raydi. Qilgan ishidan uyalgan Saif esa onasiga nima deyishni ham bilmay faqat kechirim so'rash bilan cheklanadi. Hayotda juda ham mehribon bo'lgan Sharmila farzandini kechiradi va Amritani o'z oilasiga qabul qiladi.

Baxtli juftlik uchun hayotning shirin damlari hamroh bo'lish o'rniga ulardan baxt yuz o'giradi. Buning sababi esa Bollivudning juftlikning to'yiga qarshiligi edi. Saifning hayotida qora chiziqlar paydo bo'ladi. Har qadamda nega aynan Amritaga uylangani, nega uni tanlaganini so'raydiganlar ko'payadi. Mana shunday kunlarning birida unga «Amritaning qaysi jihati sizni o'ziga jalb qildi, unda boshqa ayollarda yo'q nima bor?» deya savol berishganida Saif «Meni ko'rganida ko'zlarida mehr porlaydi. Aynan o'sha mehr boshqa ayollarda yo'q», deya javob beradi.

Amritaning hayoti esa bundan-da ayanchli holatga kelib qoladi. Har qadamda unga nisbatan «Yoshgina aktyorning boshini aylantirib, tegib oldi» kabi haqoratli so'zlar aytiladi. Biroq aktrisa bunday gap-so'zlar tufayli o'zini yo'qotib qo'yadiganlar safiga kirmasdi.

1995 yilda shiringina qizlog'i Sarani dunyoga keltirganidan baxtu shodlikka to'lgan Amrita butun umrini oilasiga bag'ishlashga qaror qiladi. Turmush o'rtog'i Saif esa ayolining qarorini ma'qullaydi va e'tiborini o'zining aktyorlik mahoratiga qaratadi. Bu orada aktrisa eriga har tomonlama yordam beradi. Uning bu ishini noto'g'ri tushunganlar esa «Amrita Saifga bosim o'tkazishni yaxshi ko'radi, shuning uchun uning har bir ishiga aralashadi», «Amrita turmush o'rtog'ining yosh aktrisalar bilan ishlashiga yo'l qo'ymaslik uchun hamisha uning ortidan kuzatib yuradi. Shu bois ham uning yordamchisini bo'shatib yuborgan», deya ta'kidlashdan charchashmaydi. Ammo shuncha gap-so'zlarga qaramasdan juftlik o'rtadagi munosabatlarini saqlab qola oladi.

2001 yili oila yana bir baxtga musharraf bo'ladi. Ularning orasiga Ibrohim ismli yana bir kichkintoy qo'shiladi. Ammo bu endi Saifni ushlab qola olmaydi. 3 yildan so'ng 13 yillik baxt­li oilaga yakun yasaladi. Juftlik 2004 yilda ajrashadi.

Ajrimdan keyin Amrita sukut saqlaydi, matbuotning barcha savollariga esa Saif javob beradi. Munosabatlarning darz ketishiga bir-birini tushuna olmaganligi sabab qilib ko'rsatiladi.

Shunday qilib, bir vaqtlar Bollivudning eng mashhur juftligiga aylangan Saif Ali Xon hamda Amrita Singxning muhabbat tarixiga yakun yasaladi.

2012 Saif Ali Xon aktrisa Karina Kapur bilan oila quradi.

Maftuna NURIDDINOVA tayyorladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 95 | Добавил: Admin | Теги: Saif Ali Xonning Bollivuddagi birin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar