12:54
Ruscha biladigan, yolg‘izlikni yaxshi ko‘radigan Neslixon Atagul haqida 9 fakt

“Sevgi iztirobi”, “Ishq sohillari” va ekran yuzini ko‘rganiga ko‘p bo‘lmagan “Elchining qizi” filmlarida bosh qahramon obrazini gavdalantirib, millionlab muxlislar qalbidan joy olgan Neslixon Atagul haqida siz bilmagan faktlarni havola etamiz.

1. Neslixon tabiiy ko‘rinishni yaxshi ko‘radi va shu sabab ham ortiqcha bo‘yanmaslikka harakat qiladi.

2. Aktrisa kartoshkadan tayyorlangan taomlarni yaxshi ko‘radi, mazkur sabzavotdan tayyorlangan taomni xush ko‘rishi bolaligi va buvisi bilan bog‘liq.

3. Turmush o‘rtog‘i Kadir Do‘gulu ham aktyor sifatida yaxshi ma’lum. Juftlik “Ishq sohillari” filmining suratga olish jarayonida tanishgan.

4. Aktrisaning bo‘yi 168 sm, vazni esa 54 kg. U qomatini saqlash uchun hech qanday parhez tutmaydi, shunchaki faol hayot tarziga amal qiladi. Sport bilan shug‘ullanish hamda basketbol o‘ynashni yoqtiradi.

5. Yolg‘izlikni, odamlar ko‘zidan uzoq bo‘lishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun ham turmush o‘rtog‘i bilan ta’tillarni mashhur turk kurortlarida o‘tkazmaydi. Juftlik, asosan, tabiat qo‘ynida chodir qurib yoki o‘rmonlarda kuchugi bilan birgalikda sayohat qilishni xush ko‘radi.

6. 2006-yilda suratga olingan “Birinchi sevgi” filmi aktrisaning kinodagi debyuti bo‘lgan.

7. Onasi belarus bo‘lgani uchun Neslixon rus tilida bemalol gaplasha oladi.

8. “Katta Lebovski” aktrisaning sevimli filmlaridan biri hisoblanadi.

9.  Aktrisada klaustrafobiya, ya’ni yopiq va tor joylardan qo‘rqish bor.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 280 | Добавил: Admin | Теги: Ruscha biladigan, yolg‘izlikni yaxshi ko‘radigan Nesl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close