Главная » 2018 » Май » 30 » Rossiyaning Tver viloyatida yashovchi 30 yoshli maktab muallimasi Yekaterina Yeliseeva 8- sinf o'quvchisidan farzand ko'rdi…
07:26
Rossiyaning Tver viloyatida yashovchi 30 yoshli maktab muallimasi Yekaterina Yeliseeva 8- sinf o'quvchisidan farzand ko'rdi…
Bu janjalli voqea mamlakat telekanallaridan birigacha borib yetdi. «Pryamoy efir» deb nomlangan ko'rsatuvda muallima tutgan yo'lni shafqatsizlarcha muhokama qilishdi. To'g'ri ham qilishdi. Negaki, o'qituvchi deganda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan odamlar yosh avlodga ta'lim beruvchi, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlovchi, bilim berish yo'li bilan tarbiyalovchi shaxsni tushunishadi. Maktabda bu muallimani o'quvchi xuddi mehribon onasining o'rnida tasavvur etadi. Shunday ekan, qanday qilib, qay yuz bilan hali balog'at yoshiga yetmagan o'smir, o'z o'quvchisini yo'ldan urish mumkin? Bandalar-ku, mayli, xudodan ham qo'rmadimikan Yekaterina deganlari?

To'g'ri, viloyat maorif boshqarmasi rahbarlari, tuman maorif bo'limi rahbar xodimlari bilan birga andishasiz, nomussiz, shafqatsiz, iymonsiz muallima Yekaterina Yeliseevani maktabdan haydab solishdi. Ammo bolaning otasi, 8- sinf o'quvchisi Artyom Tretyakov-chi? U nima qiladi endi?..

Muallimaning hikoya qilishicha, Artyom bilan o'rtalarida juda qaynoq muhabbat zohirmish. Qolaversa, Artyom ilk bor muallima bilan jinsiy munosabatga kirishganda, 16 yoshda ekan. Demak, bu yoshda bolalar voyaga yetmagan deb hisoblanmasmish.

Bundan tashqari, Artyom indamas, qandaydir yovvoyi, hech kimga qo'shilmaydigan bir holatda ekan. Muallima Yekaterina uni qayta tarbiyalabdi. Jamiyatga boshqalar qatori tez kirishib keta oladigan yigitga aylantiribdi.

Artyomning ota-onasi bu xabarni yaqindagina eshitishdi. Eshitishdi-yu, dahshatdan qotib qolishdi. Keyin esa ular quloqma-quloq Yekaterina parallel tarzda boshqa o'quvchilar bilan ham yaqin munosabat yuritib kelganini eshitishdi. Va bola Artyomdanmas, boshqa bir o'quvchidan bo'lishi mumkinligini ta'kidlashdi.

Ko'rsatuvda ishtirok etganlarning biri muallima masalasiga alohida to'xtalarkan, Yekaterina bu nomussizlikka muhabbat emas, pulga ega chiqish uchun yo'l qo'yganini aytdi. Ko'rsatuv ishtirokchisining gapiga qaraganda, Yekaterinaning ikki farzandi bor, eri bilan ancha yillar oldin ajrashib ketgan. Bolalarni boqishga maktabda ishlab topgan puli yetmaydi. Shuni hisobga olib Artyomdan tug'ib olishni, shu bahonada davlatdan yolg'iz ona sifatida nafaqa olib turishni mo'ljallagan.

Boshqa ishtirokchilar esa Yekaterina va Artyom orasida haqiqiy muhabbat mavjudligini gapirib o'tishdi. Ularning aytishicha, erkak va ayol orasidagi yoshda farq katta bo'lsa, muhabbat yanada qaynoq va ehtiroslarga boy bo'larmish…

Ekaterina Artyom bilan bog'liq xotiralarni gapirib ham berdi. Muallimaning gapiga ko'ra, ular 2016 yil fevralida diskotekada tanishishgan ekan. Keyin internet ijtimoiy saytlari orqali suhbatlasha boshlashibdi. Oldiniga Yekaterina Artyomning oilasi qashshoqligi, buning ustiga lo'li ekanidan har gal gap ochganda achinib ketaverganmish. Oldiniga Artyomni maktabda o'tadigan tadbirlarga jalb qilibdi. Erinmay uni maqtashdan tiyilmabdi.

Artyom esa yaqin o'tmishdagi xotiralarni quyidagicha eslaydi:

Ular diskotekada tanishgan kechayoq Yekaterinanikiga borishibdi. Birgalashib spirtli ichimliklar iste'mol qilishibdi. Yaqinlik esa ikki haftadan keyin boshlanibdi. O'sha-o'sha Artyom muallimasinikiga tez-tez kelishni odat qilibdi. Gohida haftalab Yekaterinanikida qolib ketarkan o'shanda. Tez-tez maktabdagi boshqa o'quvchilar ham muallimanikiga kelar, birgalashib spirtli ichimlik iste'mol qilisharkan.

— Biz taxminan olti oycha uchrashib yurdik, — deydi Artyom. — Bir-birimizga muhabbat izhor etib to'ymasdik. U esa borib-borib bu sirimizni butun qishloqqa oshkor qilib qo'ydi. Shunda ham men onamga bildirmasligini so'ragandim. U onamga ham aytib ulguribdi. Shuning bilan bizning munosabatlarimiz yakun topdi…

Artyom ayni paytda Moskvada ishlamoqda. Allaqachon Yekaterinaning hayotidan chiqib ulgurgan. Lekin «sevgilisi» yaqin orada albatta DNK tahlili tashkil etib, bola haqiqatan undan ekanini isbotlashga bel bog'lagan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 595 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyaning Tver viloyatida yashovc | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz