Сб, 18.08.2018, 05:46
Приветствую Вас, Mexmon

14:16
Rossiyaning ko‘plab shaharlariga rekord darajadagi qor yog‘di (foto)
Aprel oyi oxirida Rossiyaning bir nechta hududiga qish o‘z hukmini o‘tkazdi. Kirovda o‘tgan hafta oxirida qor yog‘a boshladi, dastlabki 36 soatdayoq 53 mm — oylik me’yorning deyarli 156 foizi yog‘di. Hozir komunnal xizmatlar yo‘llarni tozalamoqda, qor uyumlarini olib chiqib ketmoqda, biroq ular hamon shahar ko‘chalarida bor, deb yozadi National Geographic.

Ob-havoning keskin sovishi Skandinaviya shtorm siklonining harakatlanishi bilan bo‘g‘liq. U dastlab shimoli-g‘arbiy va Moskva mintaqalariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, endi esa Uzoq Sharq va Ural federal okrugida qor yog‘moqda.

24-aprel kuni Yekaterinburgga deyarli yarim oylik qor yog‘di; bir smena oqshomida 500 tonnadan ortiq qor poligonlarga olib chiqib ketildi.









Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 218 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyaning ko‘plab shaharlariga re | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar