Чт, 18.10.2018, 04:07
Приветствую Вас, Mexmon

07:12
Rossiyalik xonanda Valeriya O‘zbekistonning Scorpion filmiga saundtrek kuyladi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan taqdim qilinayotgan Scorpion trillerining saundtreki mashhur qo‘shiqchi, Rossiya xalq artisti Valeriya tomonidan ijro etiladi.

Kartina mualliflarining “Daryo”ga xabar qilishicha, hozirda saundtrekka videoklip olish jarayonlari ketmoqda.

Valeriya – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi madaniyat va san’at kengashi a’zosi, 13 marta “Zolotoy grammofon”, 4 marta “Muz-TV” va boshqa ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Scorpion filmining shu yili Toshkentda o‘tkaziladigan PROlogue xalqaro kinofestivali ochilish marosimida gala-premyerasi bo‘lishi kutilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 84 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyalik xonanda Valeriya O‘zbeki | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar