Главная » 2017 » Декабрь » 21 » Rossiyalik qizni zo'rlagan O'zbekiston fuqarosi 10 yilga qamaldi
09:26
Rossiyalik qizni zo'rlagan O'zbekiston fuqarosi 10 yilga qamaldi
Rossiyaning Saratov shahrida 26 yoshli O'zbekiston fuqarosi 22 yoshli rossiyalik qizni zo'rlagani uchun sudlandi.
Aytilishicha, bir oycha muqaddam shaharga kelgan yigit 12 sentyabr kuni mahalliy qizdan bir manzilni so'ragan. So'ng ertalabki soatda ko'cha bo'shligidan foydalanib, u qizni kaltaklagan hamda uning yonidagi 1600 rubl pul bilan 9 ming rubl qiymatdagi taqinchoqlarni o'g'irlagan. Bu to'g'rida Sof nashri yozmoqda.

Ammo jinoyatchi bu bilan cheklanmay, jabrlanuvchini zo'rlagan ham. Shundan so'ng u voqea joyidan qochib ketgan, ammo tez orada politsiya tomonidan ushlangan.
Genetik materialni o'rganish asosida u 2015 yil 23 iyunida sodir etilgan jinoyatga ham aloqadorligi aniqlangan. O'shanda bir xonadondan uchta mobil telefon hamda 11500 rubl pul o'g'irlangan edi.

Nomi keltirilmayotgan erkak sud hukmi bilan 10 yilga qamaldi. U jazo muddatini umumiy rejimdagi koloniyada o'taydi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 167 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyalik qizni zo'rlagan O'zbekis | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz